Yozma ogohlantirishlar quyidagi hollarda beriladi:
yo‘l, tutashuv relsi, sun’iy va boshqa qurilmalar nosoz bo‘lib, shuningdek tezlikni kamaytirish yoki yo‘lda to‘xtashni talab etuvchi ta’mirlash va qurilish ishlari bajarilganda;
svetofor buzilib qolib, uning taqiqlovchi ko‘rsatkichini yoqishning iloji bo‘lmagan taqdirda;
yo‘l avtoto‘xtatgichi buzilib qolganida;
svetofor signallari, yo‘lni ko‘rish darajasi pasayganida yoki yo‘lni suv bosganida;
yuklash gabariti doirasidan chetga chiquvchi yuklar ortilgan xo‘jalik poyezdi yo‘lga chiqarilganida, shuningdek uning ortidan yo‘lga chiquvchi xo‘jalik poyezdiga;
yo‘llar, peregonlar yoki bekatlar yuvilganidan so‘ng;
tezlikni kamaytirish talab etiluvchi barcha hollarda, shuningdek poyezd harakatining alohida sharoitlari haqida mashinistni ogohlashirish lozim bo‘lganida.
Quyidagilarga og‘zaki ogohlantirishlar beriladi:
ALS-ARS yo‘l vositalarining nosozligi haqida;
bekatdan to‘xtamasdan o‘tish to‘g‘risida;
yo‘lovchilarni tushirish va chiqish uchun yopilgan bekatda poyezdni to‘xtatish haqida;
poyezdni peregonda to‘xtatish haqida, to‘xtash sababi ko‘rsatilgan holda;
elektropoyezdni obkatka qilinayotgani va boshqa joyga haydab o‘tilayotgani haqida oldinda ketayotgan va orqada kelayotgan poyezdga;
poyezd ohirini belgilovchi signallari o‘chib qolgan poyezdning harakatlanayotgani haqida orqada kelayotgan poyezdga;
elektr poyezdlar harakati paytida peregon yo‘lida, bekat yo‘lida metropoliten xodimlari yoki begona shaxslar mavjudligi to‘g‘risida;
boshqa hollarda poyezd nozimining ko‘rsatmasiga binoan.
Yozma yoki og‘zaki ogohlantirishlar berish Poyezdlar harakati va manyovr ishlariga doir Yo‘riqnomada o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Mashinist kuchli tuman, sel, qor bo‘roni, tutun qoplaganida poyezdni (tarkibni) yo‘lning ko‘rinishi darajasiga qarab, paydo bo‘lgan to‘siqgacha poyezdni (tarkibni) to‘xtatish imkoniyatini ta’minlovchi tezlik bilan haydashi shart.
Svetofor signallarining ko‘rinish darajasi 10 m dan ortiq bo‘lmasa, mazkur yo‘l qismida poyezdlar harakati to‘xtatilishi lozim. Bekatdan mazkur yo‘l qismiga harakat to‘xtatilgunga qadar jo‘natilgan poyezd undan 5 km/soatgacha bo‘lgan tezlikda o‘tishi kerak.
Yo‘lda relsning ostki qismigacha suv bosganida mazkur yo‘l qismida poyezdlar tonnelda
35 km/soatgacha tezliqda, yer usti yo‘l qismida esa - 20 km/soatgacha tezlikda harakat qilishiga ruxsat etiladi.
Suv yo‘lda relslar golovkasi sathidan baland ko‘tarilganda, mazkur yo‘l qismida poyezdlar harakati to‘xtatilishi lozim. Bekatdan mazkur yo‘l qismidagi harakat to‘xtatilgunga qadar jo‘natilgan poyezd undan 10 km/soatgacha bo‘lgan tezliqda o‘tishi kerak.