Inshootlarning yaqinlik gabariti. Harakat tarkibi va asbob-uskunalardan tashqari, bekat inshootlari va qurilish konstruktsiyalarining hech qanday qismlari ichiga kirishi lozim bo‘lmagan eng katta ko‘ndalang (yo‘l o‘qiga perpendikulyar) shakl, tonnel metall konstruktsiyalarining tirgaklari bundan mustasno.
Asosiy yo‘l. Peregon yo‘li, shuningdek tutash peregon yo‘lining bevosita davomi bo‘lgan bekat yo‘li.
Depo yo‘llari. Elektrodepo binosidagi yo‘llar, hamda ularning park yo‘llarini to‘suvchi svetoforlargacha bo‘lgan davomi.
Dubler avtoto‘xtatgich. Tarkiblar aylanishi uchun mo‘ljallangan yo‘lda manyovr svetofori oldida o‘rnatilgan ikkinchi yo‘l avtoto‘xtatgichi.
ALS-ARSning dublyor vositasi. Bosh ARS - ALS vositasiga paralel ravishda ishlovchi va bir xil vazifalarni bajaruvchi vosita.
Svetofor ortidagi himoya yo‘l qismi. Mazkur svetofor yo‘l avtoto‘xtatgichi skobasidan oldingi svetofor bilan to‘silgan yo‘l qismining ohirigacha bo‘lgan masofa.
Inertsiyali avtoto‘xtatgich. O‘qda erkin o‘rnatilgan posangili avtoto‘xtatgich skobasi. Avtoto‘xtatgich skobasi posangi yordamida rostlangan poyezd tezligi oshganida vagonda avtoto‘xtatgichining uziladigan klapani ishlab ketadi.
Tutashuv relsi. Tortish va birlashtirilgan tortish-kuchlanishni kamaytiruvchi podstantsiyalardan elektr harakat tarkibining tok qabul qilgichlariga elektr energiyasining uzatilishini ta’minlovchi tutashuv relslari, kabellar va asbob - uskunalar.
Tutashuv relsining kontsevoy otvodi. Tutashuv relsining qiyalikka ega bo‘lgan tok qabul qilgichlarning bashmaklarini bir tekisda kirib - chiqishini taminlovchi qismi.
Lokomotivlar. Elektrovozlar, teplovozlar, motovozlar, drezinalar.
Lokomotiv brigadasi. Mashinist, mashinist yordamchisi.
Manyovr tarkibi. Bir - biri bilan tutashtirilgan va bir yo‘ldan ikkinchi yo‘lga o‘tkazib qo‘yiladigan vagonlar guruhi.
Marshrut. Poyezd, manyovr tarkibi yoki lokomotivning mo‘ljallangan harakat yo‘nalishida o‘rnatilgan va yopib qo‘yilgan strelkalari bo‘lgan yo‘llar.