Himoya strelkasi. Boshqa yo‘lda joylashgan va marshrutni tayyorlashda harakat tarkibining tayyorlangan marshrutga chiqib ketishiga yo‘l quymaslik uchun o‘rnatiladigan strelka.
Park yo‘llari. Depo yo‘llariga tutashuvchi yo‘llar.
Peregon. Metropoliten tarmog‘idagi ikkita bekatning oraliq qismi.
Harakat tarkibi. Vagonlar, lokomotivlar va maxsus harakatlanuvchi jihozlar.
Bekatga yaqinlashish. Yo‘lovchilar platformasining yon tomonidan mazkur platformaning boshidagi yo‘l qismining to‘suvchi eng olis svetoforigacha bo‘lgan masofa.
Poyezd. Vagonlar, tirkamali yoki tirkamasiz lokomotivlardan tarkib topgan, belgilangan signallar, berilgan raqamga ega bo‘lgan va mashinist (lokomotiv brigadasi) tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan tarkib.
Markazlashtirish posti. Markazlashtirilgan strelkalar va signallarni boshqarishni amalga oshiruvchi bekat shahobchasi.
Himoyalovchi berk yo‘l. Harakat tarkibi poyezdlarning harakat marshrutlariga chiqishini oldini olishga mo‘ljallangan himoyalovchi yo‘l.
Boshqa yo‘llar. Foydalanilishi manyovrlarda amalga oshiriluvchi amallar bilan belgilanadigan yoki xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan bekat yo‘llari. Qoida tariqasida elektrodepoga tutash hududda joylashadi.
Yo‘ldagi avtomatik tarzda bloklash qurilmasi (avtoblokirovka).Poyezdlar harakati, hamda yo‘li rivojlanmagan peregon va bekatlarda ularning to‘silishini tartibga soluvchi vositalar tizimi. Avtoblokirovka svetoforining ruxsat beruvchi ko‘rsatkichi poyezdning yo‘l qismini egallashiga ruxsat bo‘lib xizmat qiladi, svetofor signallarining almashishi esa poyezd u to‘silgan yo‘l qismiga tasir etishi bilan avtomatik tarzda sodir bo‘ladi.
Yo‘l belgilari. Yo‘l qismlari rejasi, shakli, uzunligi va chegaralarini ko‘rsatuvchi o‘zgarmas belgilar.
Maxsus ahamiyatga ega yo‘llar. Berk himoya yo‘llari va birlashtiruvchi tarmoqlar.
Ajratish shahobchasi. Metropoliten tarmog‘ini peregonlar yoki blok-uchastkalarga ajratuvchi shahobcha.