Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

Amaliy topshiriq
1. Suvni isishidan boshlab, qaynagunga qadar chiqadigan ovozlarni 
yaxshilab eshiting. Sababini guruhda muhokama qiling.
2. Imkoniyatingiz bo‘lsa, ovozingizni magnitofonga yozib, eshitib 
ko‘ ring. Ovozingizni tanidingizmi?
1. Nima sababdan ko‘zi yaxshi ko‘rmaydigan odamlarning qulog‘i sezgir 
bo‘ladi?
2. Ovoz qaysi paytda uzoqqa boradi: issiq kundami yoki sovuq kundami? 
Sababini tushuntirishga harakat qiling.
55-MAVZU
TOVUSH KATTALIKLARI
Tovushlar yo‘g‘on va ingichka, baland va past, yoqimli va yoqimsiz 
bo‘ladi. Ular bir-biridan qanday kattaligi bilan farq qiladi? Buning uchun 
maxsus kattaliklar kiritilgan.
1. Tovushning qattiqligi. 121-rasmdagi kamer 
tonning sharcha 
tegmagan shoxchasiga sekingina rezina bolg‘a bilan uraylik. Shunda 
kamerton tebranishi tufayli sharcha ma’lum uzoqlikka borib keladi. 
Bolg‘a bilan qattiqroq uraylik. Sharcha oldingidan uzoqroqqa borib keladi. 
Kamertonning tebranishi davrida eng katta chetlashishiga tebranishlar 
amplitudasi deyiladi. Kamerton qanchalik katta amplituda bilan tebransa, 
Tovush kattaliklari


VI bob. Tovush hodisalari
164
164
undan chiqadigan tovushning qattiqligi shuncha 
katta bo‘ladi. Tovush energiyaga ega. Agar tovush 
energiyasi ma’lum kattalikdan kichik bo‘lsa, inson 
unday tovushlarni eshitmaydi. Bu quyi chegara 1 m
2
yuzaga to‘g‘ri kelgan tovush quvvati 0,000001 mkW 
deb belgilangan. Birlik yuzaga to‘g‘ri kelgan tovush 
quvvati 1 W/m
2
ga borganda, inson qulog‘ida 
og‘riq sezadi va tebranishlarni tovush sifatida qabul qilmaydi. Tovushning 
qattiqligi 1858-yilda nemis fi ziklari V. Veter va G. Fexner tomonidan 
tavsiya qilingan qonun asosida aniqlanadi. Inson sezadigan tovush 
qattiqligining quyi chegarasi Bell deb belgilangan. Bu birlik telefonni 
ixtiro qilgan G. Bell sharafi ga qo‘yilgan. Og‘riq sezish bo‘sag‘asini 130 dB 
deb qabul qilingan (1 detsi bel = 1dB = 0,1 B). Shunga ko‘ra sekin suhbatniki 
40 dB, shovqinniki 80 dB, samolyotniki 110–120 dB ga teng. Tovushning 
balandligini mexanik va elektr qurilmalar yordamida kuchaytirish 
mumkin. Masalan, karnaydan chiqayotgan ovozni bir tomonga yo‘naltirib, 
tarqalish yuzasi kichiklashtiriladi. «Rupor» (123-rasm) ham shunday 
tovushni yo‘naltirib beradi. Qadimda tovushni kuchaytirib beruvchi 
apparatlar bo‘lmaganida, «qulog‘i og‘ir» odamlar ruporni qulog‘iga qo‘yib 
eshitganlar.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin