tezlanish vaqtga bog‘liq ravishda o‘zgarishini ko‘rdik. Binobarin, bunday
tebranish o‘zgaruvchan kuch ta’sirida yuzaga keladi. O‘zgaruvchan
bilan garmonik tebranayapti, deb faraz qilaylik. U holda (175)
Shunday qilib, garmonik tebranishni yuzaga keltiruvchi kuch
siljishga proporsional va siljishga qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘lar
ekan. Shu munosabat bilan garmonik tebranishga yana quyidagicha
Siljishga proporsional va unga qarama-qarshi yo‘nalgan kuch
ta’siri ostida bo‘ladigan tebranishlar garmonik tebranishlar deb
ataladi.
Bu kuch sistemani muvozanat vaziyatiga qaytarishga intiladi,
shuning uchun uni qaytaruvchi kuch deb yuritiladi. Masalan, elastiklik
kuchi qaytaruvchi kuch bo‘lishi mumkin, chunki bu kuch ham
siljishga proporsional va ishorasi qarama-qarshi. Elastiklik xususiyatiga
ega bo‘lmagan kuch ham xuddi shunday qonuniyatga bo‘ysunishi,
ya’ni
— 𝑘 ∙ 𝑥 ga teng bo‘lishi mumkin, bu yerda 𝑘 doimiy musbat
kattalik bo‘lib, uni qaytaruvchi kuch koeffitsiyenti deb ataladi.
Odatda, bunday ko‘rinishdagi kuchlar, ularning tabiatidan qat’iy nazar,
kvazielastik (go‘yo elastik) kuchlar deb ataladi. Shunday qilib, erkin
garmonik tebranishlar elastik yoki kvazielastik kuchlar ta’sirida bo‘lar
ekan. Agar erkin tebranishlarda tebranish amplitudasi vaqt
o‘zgarishi bilan o‘zgarmasa, bunday erkin tebranishlarni sistemaning
xususiy tebranishlari deb ataladi. Тebranayotgan sistemaning
𝑚
massasi va
𝑘 koeffitsiyenti ma’lum bo‘lsa, (177) formuladan
foydalanib, erkin garmonik tebranishlarning chastotasini va davrini
aniqlash mumkin:
𝜔
0
= √
𝑘
𝑚
(178)
𝑇 =
2𝜋
𝜔
0
= 2𝜋√
𝑚
𝑘
. (179)
𝜔
0
ni sistema xususiy tebranishlarining davriy chastotasi
deyiladi, uning qiymati massaga va sistemaning parametrlari bilan
aniqlanadigan
𝑘 koeffitsiyentga bog‘liq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: