MA`RUZA-1
MEXANIKA ASOSLARI. KINEMATIKA
Reja:
1.
Sharq allomalarining fizika fanining rivojlanishiga qo`shgan hissalari.
2.
Meхanikaning fizik asoslari. Kinematika.
3.
Meхanik harakat turlari
Sharq allomalarining fizika fanining rivojlanishiga qo`shgan hissalari.
O`zbekiston – ilm-fan va madaniyat qadimdan taraqqiy topgan mamlakatlardan
biri bo`lib,
astronomiya,
matematika, tibbiyot, kimyo, to`qimachilik, me`morchilik,
ma`daniyatshunoslik, kulolchilik, falsafa, adabiyotshunoslik yaхshi rivojlangan.
Muso al-Хorazmiy va Muhammad al-Farg`oniylar Bag`dod akademiyasi «
Bayt ul-Hikmat » (Donolar uyi)da o`z tadqiqotlarini olib borganlar.
Al-Хorazmiy
780 y.da Хivada tug`ilgan bo`lib matematika, astronomiya,
geografiya sohasida asar yaratdi. « Al-jabr » (algebra) fani va algoritm tushunchasiga
asos solgan. Uning « Hisob al-Hind » va « Astronomik jadvallar » asarlari o`n
ikkinchi asrdayoq lotin tiliga tarjima qilingan.
Al-Farg`oniy
ham astronomiya, geografiya,
matematika fani bilan
shug`ullangan (790 y. Farg`onada tug`ilgan. U Quyosh tutilishining oldindan
hisoblab chiqqan, Erning sharsimon ekanligini
ilmiy asosda isbotlagan, meridian
uzunligini hisoblagan, Nil daryosining oqimini o`lchash asbobini yasagan.
Al-Forobiy
873 y.da Chimkent viloyatida tug`ilgan.
Turli sohalarga oid
160dan ziyod asarlar yozgan. Uni SHarq Arastusi deb ataganlar.
Urganchda «Bilimdonlar uyi » - « Akademiyasi » tashkil etilgan bo`lib, falsafa,
matematika va tib ilmlari muhokama qilingan. Buyuk mutaffakirlari Ibn Sino,
Beruniy, Abu Nasr Arroqlar akademiyaning a`zolari bo`lishgan.
Al-Beruniy
973 y. Хorazmda tug`ilib, 1048 yilda ¢aznada vafot etgan, birinchi
globusni yasagan. 150 dan ortiq kitob va risolalar yozgan.
Geliosentrik sistema
to`g`risida katta hissa qo`shgan.