2. Movarounnahrning Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi arab qo’shinlari tomonidan istilo qilinishi. O‘rta Osiyodagi siyosiy parokandalik va kichik illatlarning bir-birlari bilan tez-tez nizolarga bo’lib turishi Qutaybaga qo‘l keldi. O‘z harbiy yurishlarini Qutayba 705 yil Balx viloyatini bosib olish bilan boshladi. Balxdan tashqari Qutaybaga Chag‘oniyon, Shuman va O‘rta Osiyoning janubidagi kichik viloyatlar bo‘ysunadi. Chag‘oniyon hrkimi Tish arablar tomoniga o‘tib ketadi.706 yil Qutayba katta qo‘shin bilan Movarounnahrga kirib keldi. Tabariyning ma’lumotlariga ko‘ra Qutayba eng obod va boy shaharlardan biri Poykand tomon harakat qildi. Uning qo‘shini tarkibida arablar xizmatiga o‘tgan Balx va Chag‘oniyon hokimlarining ham qo‘shinlari bor edi. Poykandning ko‘pchilik aholisi savdogarlar edi. Shaharda qoldirilgan harbiy qo‘shinga turk sarkardasi bosh edi. Sug‘d va boshqa viloyatlardan kelgan kuchlar bilan poykandliklar arablarga qattiq turib qarshilik ko‘rsatdilar. Arablar sug‘dlar tomonidan o‘rab olinib Qutaybaning barcha yo‘llari kesib qo‘yildi.Poykand fojiasidan so‘ng Qutayba boshliq kuchli raqibga zarba berib uni mag‘lub etish maqsadida Sug‘d podshosi Tarxun, Buxoro hukmdori Xunukxudod, Shopurkom hokimi Vardanxudod boshliq katta qo‘shin yig‘ildi. Ularga turklar yordamga kelib, jami qo‘shinning miqdori 40000 kishi atrofida edi. Xorazmda boshlangan ichki ziddiyatlar Qutayba fikrini o‘zgartirdi. Xorazmda xalq g‘alayoni boshlangan bo‘lib, unga Xorazmshoh Chag‘onning ukasi Xurzod boshchilik qilar edi. Qutayba Xurzod boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilarni tor-mor keltiradi. 710-712 yillarda Xorazmshoh Qutayba bilan tinchlik sulhini tuzib, unga 10000 qoramol miqdorida boj go‘laydi.