O’zbekiston tarixining fan sifatidagi o’rni. Uning predmeti va o’rganish obekti.Tarix – arabcha so’z bo’lib, o’tmish «o’tgan voqealar haqida aniq hikoyaqilish», ma’nolarini anglatadi. Tarix butun insoniyatning uzoq o’tmishdan to hozirgi kunlargacha bosib o’tgan hayotiy yo’lini, avloddan avlodga meros qoluvchi, doimo rivojlanib, boyib boruvchi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, davlat qurilishi sohalaridagi tajribalarini, xalqlarni etaklagan tarixiy shaxslar faoliyatini tartibga solingan holda o’rganuvchi, tasvirlovchi fandir. Bu fanni o‘rganish uning predmeti va obyektida to‘la namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston tarixi fanining o‘rganish predmetiga mana shu makondagi jamiyki xilma xil voqea hodisalar, ulardagi ummumiy aloqadorlik va yaxlitlik hamda qonuniyatlar hodisasi va jarayonlar umuman xalq va insonning yaratuvchanlik faoliyati kiradi. Bu fanning o‘rganish obyekti esa O‘zbekiston tarixidir. Tarixiy obyektga nisbatan OOzbekiston tarixi fanining maqsadi, vazifasi, yo‘nalishi va harakat doirasi yoki chegarasi belgilanadi.