Paleolit davri va uning o’rganilishi. Mamlakatimizning ilk paleolit davri, geologlarning hisobiga ko’ra, tabiiy geografik jihatdan yozi issiq, qishi sovuq, yog’ingarchilik kam bo’lgan iqlim tartibi qaror topgan davrga to’g’ri keladi.. O’zbekiston hududida ilk paleolit davri odamlari yashagan manzilgohlar Farg’ona vodiysining So’x tumanidagi Selung’ur g’oridan va Toshkent viloyatining Angren shahri yaqinidagi Ko’lbuloq makonidan topilgan vao’rganilgan. Selungur g’ori 1958 yilda arxeolog A.P.Okladnikov, 1980 yildan boshlab arxeolog olim O’.Islomov tomonidan o’rganilgan. Tadqiqotlar Selungur manzilgohida odamlar paleolit davrining barcha bosqichlarida yashaganligini ko’rsatadi. Dastlabki mehnat qurollari:1.O’tkir qirrali, yassi, tuxumsimon tosh qurollari. 2.Ular qo’l cho’qmori ham deyiladi. 3.Daraxt shoxlaridan tayyorlangan er kovlaydigan tayoq. 4.Hayvonlarni zarb bilan uruvchi so’yil; So’nggi poleolit mehnat qurollari: 1.arralovchi, shiluvchi, teshuvchi tosh qurollari; 2.suyak va yog’ochdan yasalgan tishli qarmoqgarpunlar; 3.ignalar, nayza uchlari