Mezolit (o’rta tosh) davri


O'zbekiston Respublikasining tinchliksevar mustaqil tashqi siyosat asoslarining ishlab chiqilishi, uning tamoyillari



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə237/293
tarix02.01.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#43010
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   293
Mezolit (o’rta tosh) davri-fayllar.org

O'zbekiston Respublikasining tinchliksevar mustaqil tashqi siyosat asoslarining ishlab chiqilishi, uning tamoyillari. Umuminsoniy qadriyat esa butun insoniyatga, jahon xalqlariga tegishli bo’lgan ma’naviy boyliklardan tashkil topadi. Milliy qadriyat, avvalo tarixiy hodisa ekanligi bilan ajralib turadi. U bir kun yo bir yilda shakllanmasdan, balki insoniyatning milliy ma’naviy tarixi, millatning ma’naviy kamol topish jarayoni bilan bog’lanib ketadi. Milliy qadriyatning asosiy belgisi va o’zagi, milliy axloq, milliy his-tuyg’u, milliy ruhiyat kabi masalalar bilan bog’liq, shu bilan birga, milliy qadriyatda milliy manfaat masalalarini ham o’rganib chiqish maqsadga muvofiqdir.

Ma’naviyat majmui ham milliy, ham umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllanadi. Milliy ahloq qadriyatning markazida turadi. Uning belgilari rostlik, adolat, do’stlik, insonparvarlik, bir-biriga hurmat, hamjihatlik, bilimlilik, mehnatsevarlik, ona tili va Vatanga muhabbat, sahovat, mas’ullik, halollik singari fazilatlardir. Qadriyat so’zning ma’nosini o’zbek tilidagi qadr ma’nosidan bilib olish mumkin. Qadr tushunchasi serqirra ma’no va mazmunga ega bo’lib, qadriyat sifatida qaralayotgan ob’ekt, narsa, voqea, hodisa yoki biror idealning sub’ekt uchun ijtimoiy ahamiyatini anglatadm. Qadriyatlar mohiyati jnhatidan moddiy va ma’navmy qadriyatlarga bo’linadi va ular quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:

Inson yashab turgan moddiy muhit bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlar; 

An’nalar, urf-odatlar va marosimlarda aks etadigan axloqiy qadriyatlar; 

Insoniyat aql-idroki va amaliy faoliyati zaminida shakllangan mehnat malakalari va ko’nikmalari, bilim va tajribalari, qobiliyat va iste’dodlarida namoyon bo’ladigan qadriyatlar; 

Odamlar o’rtasidagi jamoatchilik, hamkorlik, xayrixohlik, hamjihatlikka asoslangan munosabatlarda ko’rinadigan qadriyatlar. 

Kishilar yoshi, kasbi, jinsi va irqiy xususiyatlari bilan bog’lik bo’lgan qadriyatlar. 

Bayon etilgan qadriyatlar, o’z navbatida: 1) umuminsoniy; 2) mintaqaviy; 3) milliy; 4) diniy qadriyatlarga bo’linadi. Umuminsoniy ma’naviyat birligida mazkur qadriyatlarning o’ziga xos o’rni bo’lib, ular 2 turga: milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo’linadi. Milliy qadriyatlar ayrim xalq, millatlar va elatlarning tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarning yig’indisidan iborat. Milliy qadriyatlar umuminsoniy va mintaqaviy qadriyatlar bilan birgaliqda mavjud bo’ladi. Milliy qadriyatlar masalasiga mustaqillikkacha etarlicha e’tibor berilmay kelindi. Endiliqda mustaqillik va demokratiya jarayoni milliy qadriyatlarii qayta idrok etish va anglashni talab etadi. Bu sohada yig’ilib qolgan muammolarni yangicha tafakkur asosida chuqur nazariy mushohada etish hayot taqozosidir.



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin