. Xorazm Ma’mun Akademiyasining tashkil topishi va uning faoliyati. Xorazmda ham podsho Ma`mun ibn Ma`mun davrida “Donishmandlar uyi” tashkil etildi. Urganchda tashkil etilgan bu Bayt-ul-Hikma-Ma`mun akademiyasi (Xorazm akademiyasi) deb nomlanadi. Bag`dad va Urganchdagi Donishmandlar uyida o`z vaqtida nomlari dunega masho`ur ulug` alloma va mutafakkirlar tahsil ko`rganlar. Ular orasida Axmad Farg`aniy, Al Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ibn al-Xammor, Abu Saxl Masixiy, ibn Iroq kabi ulug` va buyuk zotlarning nomlari bor. Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) asli Xiva shaxridan bo`lib u dastlabki ta`limni xususiy muallimdan oldi va sungra Marvda madrasada uqidi. Xalifa Xorun ar-Rashidning o`g`li Ma`mun xalifalik taxtiga o`tirgach (813) Muxammad Muso al-Xorzmiyni o`zi bilan birga Bagdodga olib ketdi va u erda tashkil etilgan Boytun-ul-Hikma(Donishmandlar uyi) ga boshliq etib tayinladi. Axmad Farg`oniyning olim Muxammad ibn Muso bilan, ulug` mutafakkir olim Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy rahbarligida faoliyat ko`rsatgan Baytun-Hiqma bilan bog`likdir. U Bag`dod va Damashqdagi rasadxonalar qurilishiga shaxsan qatnashdi. Markaziy Osiyoning yirik qomusiy olimlaridan biri, Sharq falsafasining otasi Abu nasr Muxammad ibn Muxammad Farabiydir. U 873yilda farob yaqinidagi Vasij shaxarchasidja tavallud ko`rgan va 951yili Damashqda vafot etgan.Farobiyning falsafa, tilshunoslik, mantik, rieziet, musiqa nazariyasi borasida olib borgan ilmiy ishlari unga katta shuxrat keltirdi va dune fani tarixida nomiga bqiylik baxsh etdi.