MAVZU: ALISHER NAVOIYNING “MEZON UL-AVZON” ASARINI O`QIB O`RGANISH.
REJA:
1. Alisher Navoiy о’zbek adabiy тilining аsoschisi.
2. Navoiyning ilmiy nasri (ilm sohalari bo`yicha umumiy ma`lumot).
3. Navoiyning adabiyotshunoslikka oid asarlari, "Mezon ul-avzon" va aruzshunoslik.
4. "Muhokamat ul-lug'atayn" asarining filologik ahamiyati.
5. "Majolis un-nafois" va XV asr adabiy muhiti (asar tuzilishi, majlislar mundarijasi (Atoyi, Sakkokiy, Lutfiy, Jomiy va Husayniy haqidagi ma`lumotlar tahlili).
O’zbek adabiy tilining rivojida 15-asrning ikkinchi yarmi juda muhim davr hisoblanadi. Bu davrda Alisher Navoiy o’zining muborak ijodi bilan o’zbek adabiyotini yuksak darajaga ko’tarish bilan birga, o’zbek tilining taraqqiyotiga ham o’zining salmoqli hissasini qo’shdi. Navoiy o’z asarlarida, albatta «grammatika» yoki «fonetika» so’zini qo’llagan emas. Lekin tilning grammatik va fonetik qonunyatlarini yaxshi bilgan, ularni bir-birlaridan yaxshi farqlagan va o’ziga xos arabcha-forscha va turkcha-o’zbekcha atamalar bilan nomlangan: amr, harf, harakat, hamza, voze (voz-yasovchi yoki so’z yasovchi); tajnis va ihom – ko’p ma`noli so’z; alam-ism, ot; atmutakallim-so’zlovchi; lafz, kalom, alfoz kabilar haqida o’z davriga nisbatan juda muhim fikr va mulohazalar bayon qilgan. Jumladan, Navoiy turkiy (o’zbek) tilining grammatik xususiyatlari haqida yetarli darajada fikr bildirgan. U, xususan, so’z yasash yo’llari haqida maxsus to’xtaydi. O’zbek tilida fe`llardagi birgalik va orttirma darajalarini yasovchi –sh/-ish, -t, qo’shimchalari orqali chopishmoq, topishmoq, ko’chishmoq, o’pishmoq, yugurt, qildurt, yashurt, chiqart kabi so’zlar yasalganligini, sifatlarda belgining ortiq-kamligini esa p, m, vositasi orqali op+oq qop+qora, qip+qizil, sap+sariq, yum+yumaloq, yap+yassi, op+ochuq, yam+yashil, bo’m+bo’sh tarzida ifodalanishini aytadi.1 Shuningdek, ravishdoshning – g’ach/-gach, -qach/-kach affiksi orqali tergach, borg’ach, yorg’och, topqoch, sotqoch kabi fe`l formalarining yasalishini; harakatni bajarishga intilish, tayyorlanish kabi ma`nolarni ifodalashda esa – gu/-g’u affiksi bilan yasalgan sifatdosh formasiga – dek ravishdosh yasovchi qo’shimchaning qo’shilishi orqali borg’udek, yorg’udek, qayg’udek, urgudek, surgudek fe`llarning hosil qilishini misollar bilan ko’rsatadi. Navoiy asos solgan adabiy tilning tovush imkoniyatlarining kengligi ham to’la isbot qiladi.
Chunki Navoiy asarlarining tili o’z davrida mavjud bo’lgan turkiy sheva, lahja va dialektlarning deyarli hammasining vokalizmini qaryib to’liq ravishda aks ettirgan va 9 sostavli unli tovushlar sistemasi va singarmonizm qonuniyati eski o’zbek adabiy tilining asosiy bazalari bo’lgan qipchoq lahjalarinng ham, o’g’uz lahjalarining ham, o’rta o’zbek (qarluq-chigil-uyg’ur) lahjalarining ham tovush sistemalarini to’liq aks ettirishga imkon beradi. Navoiy tilidagi qisqa hamda cho’ziq i unli tovushli o’sha davrdagi o’g’uz-turkman lahjalarining tovush sistemasini to’liq aks ettirish uchun hamda fors-tojik tilining ta`siriga kuchli ravishda uchragan Hirot, Samarqand, Buxoro shahar shevalari va ular tipidagi shevalarning tovush xususiyatlarini aks ettirish uchun xizmat qilgan. Alisher Navoiy asarlari tilida uchrovchi ochiq o (o) tovushi esa shu keyingi aytilgan til va dialektlarda fonema darajasiga ko’tarilgan lablangan o ni aks ettirish uchun qo’llagan. Alisher Navoiyning turkiy til sistemasidagi tovushlarning qonuniyatlarini yaxshi bilishligi va ularni yaxshi qo’llay olishi turkiy tilning tovush imkoniyatlarini necha yuz yillar davomida an`anaga kirib qolgan tor arab alfaviti imkoniyatlari darajasida ham yuzaga chiqarish mumkinligini isbot qiladi2. Alisher Navoiy va umuman klassik shoirlarimiz juda yaxshi bilgan. Ular o’z asarlarining tilida 9 ta mustaqil fonemani ishlatganlar.
Alisher Navoiy o’zbek tiliga ya`ni o’z ona tilimizga diqqat bilan qaradi. Navoiyning afsus bilan ta`kidlashicha, hatto, ko’pgina o’zbek shoirlari ham, ona tili boyliklari va keng imkoniyatlaridan foydalanishga kam e`tibor berardilar. «Bu til dag’al til, unda yuksak san`at asarlari yaratib bo’lmaydi» degan fikrlarga uzil-kesil zarba berish, o’zbek tilining yashirin qolib kelayotgan xazinalarini ochish va uni ilm ahllariga, she`riyat muxlislariga tushintirish o’zbek xalqining buyuk farzandlari oldida muhim vazifa bo’lib turardi. Ana shu ulkan ishning uddasidan Alisher Navoiy chiqa oldi. Navoiy «Bu alfoz va iboratda bir nav daqoyiq ko’pdurkim, bu kunga deguncha hech kishi haqiqatig’a mulohaza qilmag’on jihatdin bu yashurun qolibdur. Va filhaqiqat agar kishi yaxshi mulohaza va taammul qilsa, chun bu lafza muncha vus`at (kenglik) va maydonida buncha fushat (ochiqlik) topilur…» deb yozdi va o’zbek shoirlarini o’z ona tilini faqatgina xalq ommasi emas, balki shoirlar ham qo’llashi, shu tilda, iloji boricha, o’z iqtidor va mahoratlarini ko’rsatishlari kerak edi. Masalan, Navoiy xuddi shu maqsadda quyidagicha yozadi: «…turk tilining jomliyati muncha daloil bilan sobit bo’ldi, kerak erdikim, bu xalq orasidin paydo bo’lg’on ta`b ahli salohiyat va ta`blarin o’z tillarin turg’och, o’zga til bilan zohir qilmasa erdi va ishga buyurmasalar erdi. Va agar ikala til bilan aytur qobiliyatlari bo’lsa, o’z tillari bilan ko’proq aytsalar erdi va yana biri bilan ozroq aytsalar erdi. Va agar mubolag’a qilsalar, ikala til bilan teng aytsalar erdi…»3. Bobur tili bilan aytganda, Navoiy o’zbek tilida barchadan «ko’p» va «xo’p» yozib, qalam kuchi bilan qalblardan joy oldi. Alisher Navoiy til bilimiga doir «Muhokamat ul-lug’atayn» asari bilan o’zbek adabiy tilining, xususan o’zbek tilshunosligining ilmiy-nazariy asoslarini yaratib berdi. Alisher Navoiy «Muhokamat ul-lug’atayn»da o’zbek tilini fors tili bilan taqqoslab, ona tilidagi ustunliklarini, uning adabiyot, san`at, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotidagi rolini ashyoviy matreallar misolida namoyish etadi. Navoiy ikki tilni – o’zbek va fors (tojik) tillarini qiyoslar ekan, birining ahamiyatini kamaytirib yoki rad etib, ikkinchisining ahamiyatini bo’rttirib ko’rsatmaydi, bu sohada hech qanday mubolag’aga yo’l qo’ymaydi, aksincha, ularning har birini o’z holicha olib qaraydi. Boy materiallarga asoslangan holda o’zbek tilining fors tili bilan teng huquqligi va go’zalligini, ayrim hollarda esa bu tomonlarning ustunligini isbotlab ko’rsatadi.
Ayniqsa, bunday xarakterli tomonlarning fonetika tarkibida, so’z yasashda, uslubshunoslikda, leksikada aniq ko’zga tashlanib turishini alohida ta`kidlab o’tadi. Navoiy o’zbek tilini yoqtirganligi va ta`biga mos kelganligi, fors tilini esa sevmaganligi uchun bunday xulosaga keldi, deb o’ylash noto’g’ri bo’lar edi. Demak, Navoiy fors tilining qimmati va ahamiyatini kamsitmaydi.
Ulug’ adib fors tilidan foydalanishda yuqori pog’onaga ko’tarilgan bo’lib, ushbu xususda Navoiy bilan bellasha oladigan kishi kam topilar edi. Bu ijodkorning «Foniy» taxallusi bilan yozgan asarlarida ham aniq ko’rinib turadi. Navoiy asarlari tili 15-asr o’zbek adabiy tilining yuksak namunasi bo’lib, til tarixini o’rganishda katta manba va boylikdir. Uzoq va mashaqqatli izlanishlar tufayli uning yana bir qimmatli asari borligi aniqlanganligi, bu asar tili lug’ati bo’lib, «Sab`at abxur» (Yetti dengiz) nomi bilan mashhurligi, hozirgi vaqtda Turkiya olimi Ogah Sirri Lavand Alisher NAvoiyning ana shu lug’ati ustida tadqiqot olib borayotganligi matbuotda xabar qilgan edi4.
Navoiy o’zbek tilida 100 ta fe`lni yuzaga kelishi sabablarini ko’rsatadi va ularning tahlilini beradi. Bunday fe`llarning ko’plari fors tilida uchramasligini qayd etadi, u qator fe`llardagi sinonimlarni misol keltiradi. Navoiy asarlari tilini singormonizmsiz shevalarga asoslangan deb qaraydi. E.D.Polivanov esa uning asarlari O’rta Osiyo tilida yozilganligini qayd etadi5.
Alisher Navoiyning nasriy asarlari mavzu, janr va badiiyati jihatidan rang-barangdir. Bu asarlar qanday mavzuga bag’ishlanganliklaridan yoki qaysi janrga mansubliklaridan qat`iy nazar o’sha davrdagi nasrning ilmiy-badiiy, estetik talab va mezonlariga to’la-to’kis muvofiq bo’lib, Navoiyga qadar bo’lgan turkiy-o’zbek nasrini har jihatdan boyitdi.
Alisher Navoiyning nasriy asarlari asosan o’zbek tilida yozilgan bo’lib, "Risolai muammo" va "Devoni Foniy"dagi nasriy debocha fors-tojik tilidadir.
Alisher Navoiyning nasriy asarlarini yo’nalishi nuqtayi nazaridan quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: ilmiy, tazkira, holot, ijtimoiy-axloqiy.
1. Risola. Alisher Navoiy nasriy risolalarining bir qismi ilmning turli sohalari, jumladan, adabiyot nazariyasi, qiyosiy tilshunoslik, iqtisod va madrasalardagi ta`limning amaliy masalalariga bag’ishlangan. Quyida bularning ayrimlari haqida muxtasar to’xtalamiz.
Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” asari 1492–1493-yillarda yaratilgan [3]. Navoiy turkiy tildagi adabiyotshunoslik masalalariga bag‘ishlangan Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” asari bilan tanish bo‘lmagani uchun aruz nazariyasiga doir qonun-qoidalarni turkiy tilda ilk marta bayon qilayotganini alohida ta'kidlaydi, xususan “g‘araz bu maqolotdin va maqsud bu muqaddimotdin bu erdikim, chun turk alfozi bilakim nazm voqi' bo‘lubdur, anga zobitaye va qonune yo‘q erkondur...” deb yozarkan, turkiy tilda aruz qonun-qoidalariga oid maxsus asar yo‘qligini aytib o‘tadi.
“Mezon ul-avzon” muqaddima, asosiy qism va kichik xotimadan iborat. Muqaddimada Allohga hamd aytilgach, Sulton Husayn Boyqaroning ushbu asarni yozishga ilhomlantirganligi haqida so‘z boradi. Unda aytilishicha, Husayn Boyqaro Amir Xusrav Dehlaviyning 18 ming baytdan iborat g‘azaliyotini yig‘dirib, bir to‘plam holiga keltiradi. Xusrav Dehlaviy she'rlarining ko‘pi murakkab bahr va vaznlarda bo‘lib, ularni aniqlashda hatto ba'zi shoirlar ham ojizlik qilar edilar. Husayn Boyqaroning topshirig‘i bilan aruzshunoslar Xusrav Dehlaviyning har bir she'ri ustiga shu she'rning vaznini yozib chiqadilar. Shundan so‘ng devon tuzishda har bir she'rning vaznini qayd etib qo‘yish odat tusiga kiradi. Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” kulliyoti ham shu yo‘sinda tartib beriladi.
Alisher Navoiy muqaddimada o‘zidan avval yaratilgan aruzga doir manbalar: Xalil ibn Ahmadning “Kitob ul-ayn”, Shams Qays Roziyning “Al-mo‘jam”, Nasiriddin Tusiyning “Me'yor ul-ash'or”, Abdurahmon Jomiyning “Risolai aruz” asarlariga to‘xtalib o‘tib, ularda mavjud bo‘lmagan ba'zi qoida, doira va vaznlarni o‘z asarida keltirib o‘tishini aytadi.
Navoiy vaznlarga ta'rif berar ekan, unga ko‘proq misollarni o‘z g‘azaliyotidan keltiradi. Xususan, hazaji musammani solim vaznini ta'riflashda
Zihi mulkungning o‘n sekiz mingidin bir kelib olam,
Bu olam ichra bir uyluk qulung Havvo bilan Odam,
Rajazi musammani matviyi maxbun vazni bilan bog‘liq o‘rinda
Gar alamimg‘a chora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun netay,
Vah, g‘amima shumora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun netay,
Mutaqoribi musammani mahzuf vaznida
Ochildi chaman, gul'uzorim qani,
Sihi sarv bo‘yluq nigorim qani?
kabi baytlarni keltiradiki, bu holat Navoiy keltirgan vaznlar turkiy adabiyot uchun shunchaki tajriba bo‘lmay, balki ularda badiiyat jihatdan yuksak g‘azallar yozish mumkinligini ko‘rsatadi.
“Mezon ul-avzon”da 9 ta poetik shakl va ularning vaznlari haqida ham ma'lumot keltirilgan bo‘lib, ularning aksariyati turkiy xalq og‘zaki ijodiga mansubdir. Navoiy ularning xalq orasida tarqalgan nomlaridan foydalanadi, nomi yo‘qlarini esa aruzdagi vaznlardan qaysi biriga mos bo‘lsa, shu vazn nomi bilan ataydi. Ushbu poetik shakllar quyidagilardir: o‘n olti ruknli ramali maxbun, tuyuq, qo‘shiq (1), qo‘shiq (2), chinga, muhabbatnoma, mustazod, aruzvoriy, turkiy.
“Mezon ul-avzon” turkiy aruzshunoslikka qo‘shilgan munosib hissa bo‘lib, o‘z davridayoq zamondoshlari tomonidan yuksak baholangan. Xondamir “Makorim ul-axloq”da risolaga yuqori baho berib, Navoiyning iste'dodi va badiiy mahoratini ko‘rsatib beruvchi asar ekanligini, avvalgi risolalarda keltirilmagan doiralarni kiritganligini uning aruzshunoslikdagi eng katta xizmati sifatida e'tirof etadi. “Mezon ul-avzon” o‘zidan keyin turkiy tilda Boburning “Risolai aruz” asari yaratilishi uchun zamin hozirladi, XIX asrda Furqatning “Ilmi she'rning qoidai avzonini bayoni” dastxatiga asos bo‘ldi.
"Muhokamat ul-lug’atayn". "Ikki til muhokamasi" deb nomlangan bu asar 905 hijriy yilning jumodiyul avval oyi- 1499 melodiy yilning dekabr oyi oxirlarida chorshanba kuni yozib tugatilgan:
Bu nomaki, yozdi qalamim tortib til,