faoliyatini nazorat va rahbarlik qilish uchun hisobotlar tuziladi.
Hisob registrlaridan olingan ma’lumotlar korxona va uning bo‘linmalariga rahbarlik va
nazorat qilish, hamda iqtisodiy tahlil qilishda foydalaniladi.
Xo‘jalik muomalalarini hisob registrlariga yozish hisobda qayd qilish deyiladi (3.1-rasm).
4.2-rasm. Xo‘jalik muomalalarini hisobda qayd qilish jarayoni
Hisob registrlarining mazmuni va ularni grafalash xo‘jalik muomalalarining xususiyati hamda
ularni hisobga olish tartibiga bog‘liq.
Buxgalteriya hisobi registrlari tashqi ko‘rinishlariga ko‘ra buxgalteriya daftarlari, kartochkalari,
alohida varaqalarga va mashinogrammalarga bo‘linadi
Buxgalteriya daftarlari
– bir-biriga biriktirilgan va muqovalangan qog‘oz varaqlaridir.
Muqovasida muayyan korxonaning nomi, hisobot yili va buxgaltyerlik hisobi schotlarining nomi va
shifri ko‘rsatiladi. Daftar varaqlari buxgalteriya yozuvlari yozilishiga qadar raqamlanadi, ayrim
maxsus ahamiyatga ega bo‘lgan daftarlar ip o‘tkazib, ipning uchlari daftarning oxirgi betiga
surg‘uchli muhr bilan muhrlanadi va «Ushbu daftarda hamma betlar raqamlangan» degan yozuv
yozilib, korxona rahbari va bosh buxgaltyerining imzolari quyiladi. Daftarning kyerakli betini tez
topish maqsadida uning birinchi betiga mundarija qilinadi.
So‘nggi yillarda daftar shaklidagi hisob registrlari kam qo‘llanilmoqda. Chunki, ular hisob
xodimlari orasida vazifalarni taqsimlashda noqulay va xo‘jalik muomalalarini qayd qilishda hisoblash
texnikasidan foydalanishni qiyinlashtiradi.
Kartochkalar
xo‘jalik muomalalarini ro‘yxatga olish uchun mo‘ljallangan bir xil shakldagi
qog‘oz va kartondan tayyorlangan, maxsus rekvizitlari matbaa usulida bosilgan jadvallardir. Ular
analitik hisob uchun ishlatiladi.
Kartochkalar ochilish vaqtida maxsus reestrda qayd qilinadi. Yil boshida reestrda avval
qoldig‘i bor schotlar bo‘yicha ochilgan kartochkalar, so‘ngra yangi ochilgan kartochkalar xronologik
tartibda qayd qilinadi. Amalda kartochkalar bir nusxada ochiladi va korxona buxgalteriyasida maxsus
quti-kartotekalarda saqlanadi. Kartochkalarni saqlash va ulardan foydalanish qulay bo‘lishi uchun
kartoteka bo‘lgichlar (karton plastinkalar) va indiqatorlar (metall plastinkalar) bilan jihozlanadi.
Jamlash va hisoblash texnikasida bajarilganda ham kartochkalardan foydalanish yozuvlarni
bajarishga imkon beradi. Bundan tashqari ular hisob xodimlari o‘rtasida ishni taqsimlashda yordam
beradi.
Dostları ilə paylaş: