Buxgalteriya hisobi xalќaro standartlariga muvofiќ bunday rezervni tashkil ќilish tavsiya ќilinmaydi,
chunki korxona uni tashkil etishda o‘z hisobotida amalga oshirilmagan xarajatlarni aks ettiradi va
foydani kamaytiradi.
Tijorat korxonalari, agar hisob siyosatida bu aks ettirilgan bo‘lsa, faќat sof foyda hisobiga rezerv
tashkil etishlari mumkin. Ishlab chiќarish ehtiyojlari uchun rezervdan foydalanishda soliќ solinadigan
baza mazkur xarajatlar summasiga kamaytiriladi.
Ishlab chiќarish xarajatlari hisobiga rezerv tashkil ќilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
bilan kelishilgan holda, asosan mavsumiy ishlaydigan korxonalar uchun ruxsat etiladi.
Korxonalarda tashkil etilgan ushbu rezervlardan asosiy vositalar ta’mir ќilinayotganda va boshќa
maќsadlarda foydalanilishi mumkin.
Ilgari tashkil etilgan rezerv hisobidan asosiy vositani kapital ta’mir ќilish uchun materiallar sarflansa,
ќuyidagicha provodka beriladi:
D-t 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlar rezervi»
K-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar».
Ilgari rezerv ќilingan summalar bo‘yicha hisob-kitob hisobvaraќlaridan xarajatlar to‘lansa,
ќuyidagicha Єzuv ќilinadi:
D-t 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlar rezervi»
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».
Dostları ilə paylaş: