331
“Sindikat guruhlar”da yechish uchun test savollari.
1-guruh uchun:
1. Buxgalteriya balansi aktivi tarkibi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) Uzoq muddatli aktivlar, joriy aktivlar
V) O‘z mablag‘lari manbalari, majburiyatlar
S) Asosiy aktivlar, xususiy kapital
D) O‘z mablag‘ining manbalari, qisqa muddatli aktivlar
2. Buxgalteriya hisobining schyotlari ta’rifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) Buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlarning
holati va harakati, mulkiy huquqlar va
majburiyatlarning holati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli
axborotlarni shakllantirish; samarali
boshqaruv maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarni umumlashtirish; moliyaviy, soliqqa doir va
boshqa hisobotlarni tuzish
V) Aktivda ko‘payish va aktivda kamayish; passivda ko‘payish va passivda kamayish; aktiv va passiv
bir xil summaga ko‘payadi; aktiv va passiv bir xil summaga kamayadi
S) xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning manbalari va xo‘jalik jarayonlarini
nazorat qilish va
boshqarish uchun, ularni joriy tartibda hisobga olish, guruhlash va bir tizimga keltirish usuli
D) Ikki yoqlama yozuv usulida yuritish, uzluksizlik, aniqlik, hisoblash, oldindan ko‘ra bilish, aktivlar
va passivlarning pulda baholanishi, hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiq kelishi va
boshqalar
3. Ikki yoqqlama yozuv deb nimaga aytiladi?
A) Hisobot davri oxirida schyotda qoladigan qoldiq
V) Aktiv schyotning debet tomoniga joriy davrda yozilgan summalarning yig‘indisi
S) Passiv schyotning kredit tomoniga joriy davrda yozilgan summalarning yig‘indisi
D) Xo‘jalik muomalasi ta’sirida summaning bir schyotning debet,
ikkinchi schyotning kredit
tomonida o‘zaro aloqadorlikda aks ettirilishi
2-guruh uchun:
1. Buxgalteriya balansi passivi tarkibi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) Asosiy aktivlar, xususiy kapital
V) O‘z mablag‘ining manbalari, qisqa muddatli aktivlar
S) Uzoq muddatli aktivlar, joriy aktivlar
D) O‘z mablag‘lari manbalari, majburiyatlar
2. Aktiv schyotlar deb nimaga aytiladi?
A) xo‘jalik mablag‘larining manbalarini hisobga oladigan schyotlar
V) xo‘jalik mablag‘lari va jarayonlarini hisobga oladigan schyotlar
S) Xususiy kapitalni hisobga oladigan schyotlar
D) Majburiyatlarni hisobga oladigan schyotlar
3. Sintetik schyotlar deb nimaga aytiladi?
A) xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning manbalari va xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni faqat pul o‘lchovida hisobga oladigan schyotlar
V) xo‘jalik mablag‘lari va mablag‘larning manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni faqat mehnat
o‘lchovida hisobga oladigan schyotlar
S) xo‘jalik mablag‘lari, manbalar va xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni faqat natura
o‘lchovida hisobga oladigan schyotlar
D) xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
hech qanday
o‘lchovlarsiz hisobga oladigan schyotlar
3-guruh uchun:
1. Buxgalteriya balansidagi tip o‘zgarishlari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) Aktivda ko‘payish va passivda kamayish; aktiv va passiv bir xil summaga kamayadi; aktiv va
passiv bir xil summaga ko‘payadi
332
V) Aktivda ko‘payish va aktivda kamayish; passivda ko‘payish va passivda kamayish; aktiv va passiv
bir xil summaga ko‘payadi; aktiv va passiv bir xil summaga kamayadi
S) Passivda kamayish va aktivda ko‘payish; aktivda ko‘payish va aktivda kamayish; passivda
ko‘payish va passivda kamayish
D) Aktiv va passiv bir xil summaga ko‘payadi; aktiv va passiv bir xil summaga kamayadi; aktivda
ko‘payish va passivda kamayish; passivda ko‘payish va aktivda kamayish
2. Passiv schyotlar deb nimaga aytiladi?
A) xo‘jalik mablag‘larining manbalarini hisobga oladigan schyotlar
V) xo‘jalik mablag‘lari va jarayonlarini hisobga oladigan schyotlar
S) Uzoq muddatli aktivlarni hisobga oladigan schyotlar
D) Joriy aktivlarni hisobga oladigan schyotlar
3. Analitik schyotlar deb nimaga aytiladi?
A) xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning manbalari va xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni faqat pul o‘lchovida hisobga oladigan schyotlar
V) xo‘jalik mablag‘lari va mablag‘larning manbalari to‘g‘risida to‘la tavsif beradigan va ularni pul,
natura va mehnat o‘lchovida hisobga oladigan schyotlar
S) xo‘jalik mablag‘lari, manbalar va xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni faqat natura
o‘lchovida hisobga oladigan schyotlar
D) xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hech qanday
o‘lchovlarsiz hisobga oladigan schyotlar
3-ilova
Dostları ilə paylaş: