Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni


va  boshqalar bilan bog‘liq b o‘lgan turli xildagi masalalarni yechishlari mumkin



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/62
tarix14.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#179324
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

va 
boshqalar bilan bog‘liq b
o‘lgan turli xildagi masalalarni yechishlari mumkin.


Yuqorida aytib o‘tilganidek, ta'minlovchi tizimchalarda ham farqlar mavjud. Rejali, 
dispozitiv va bajaruvchi axborot tizimchalari dasturiy ta'minotining tavsifiy xususiyatlariga 
batafsil to‘xtalib o‘tamiz. 
Moddiy oqimlarni boshqarishning ko‘p bosqichli avtomatlashgan tizimlarini 
yaratish, dasturiy ta'minot ishlab chiqish sohasidagi katta xarajatlar bilan bog‘liqdir. 
Dasturiy ta'minot bir tomondan tizimning ko‘p funksionalliligini, ikkinchi tomondan esa 
uning yuqori darajadagi integratsiyasini ta'minlashi lozim. Shu munosabat bilan, logistika 
sohasida boshqaruvning avtomatlashgan tizimlarini yaratishda nisbatan arzon bo‘lgan, 
mahalliy sharoitlarga moslashgan, standart dasturiy ta'minotni ishlatish imkoniyatlari 
izlanishi kerak. 
Hozirgi kunda yetarlicha takomillashgan dasturlar paketlari yaratilmoqda. Ammo 
ular axborot tizimlarining barcha turlarida qo‘llanilavermaydi. Bu moddiy oqimlar 
boshqaruvida yechiladigan masalalarning standartlashish darajasiga bog‘liq. 
Rejali axborot tizimlaridagi masalalarni yechishda standartlashish darajasi eng 
yuqori, bu esa standart dasturiy ta'minotni deyarli qiyinchiliklarsiz moslashtirish imkonini 
beradi. Dispozitiv axborot tizimlarida standart dasturlar paketini moslashtirish imkoniyati 
past. Bu bir qator sabablarga bog‘liq: 
- korxonalardagi ishlab chiqarish jarayoni tarixan shakllanib kelgan va biror- bir 
o‘zgarishlar kiritish juda qiyin kechadi; 
- turli foydalanuvchilardagi qayta ishlanadigan ma'lumotlar tuzilmasi keskin 
farqlanadi. 
Bajaruvchi axborot tizimlaridagi boshqaruvning operativ darajasida, ko‘p hollarda, 
individual dasturiy ta'minot qo‘llaniladi. 
11.3.
 
Shtrix-kodlarni avtomatik aniqlash usullarini qo‘llash 
Logistik zanjirning har bir bo‘g‘ini orqali katta miqdordagi tovar birliklari o‘tadi. 
Har bir bo‘g‘in ichida ham tovarlar bir necha marta saqlash va qayta ishlash joylari bo‘ylab 
harakatlanadilar. «Tovarlar harakatining butun tizimi - bu uzluksiz harakatdagi diskret 
oqimlardir, ularning tezligi ishlab chiqarish salohiyatiga, yetkazishlar muntazamligiga, 
mavjud zaxiralar o‘lchamlariga, va shuningdek realizatsiya va iste'mol tezligiga bog‘liqdir.» 
Bunday dinamik logistik tizimni samarali boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun unga 
kiruvchi va undan chiquvchi, hamda uni ichida aylanib turuvchi moddiy oqimlarning 
assortimenti to‘g‘risidagi axborotga doimiy ravishda ega bo‘lish zarur. 
Chet el tajribalariga qaraganda, bu muammoni yechish uchun moddiy oqim bilan 
bo‘lgan logistik operatsiyalarda alohida yuk birligini aniqlash qobiliyatiga ega bo‘lgan 
mikroprotsessorli texnikani ishlatish zarur. Gap, albatta, turli xildagi shtrix- kodlarni «o‘qiy 
oladigan» uskunalar xaqida. Ushbu uskunalar, logistik operatsiya xaqidagi axborotni, u 
amalga oshirilayotgan vaqtda va joyda - xo‘jaliklar, sanoat korxonalari, ulgurji bazalar, 
do‘konlar omborlarida, transportda - olish imkonini beradilar. Olingan axborot vaqtning real 
miqyosida qayta ishlanadi, bu esa boshqaruv tizimiga optimal muddatlarda javob qaytarish 
imkonini beradi. 
Axborotni avtomatik to‘plash turli xildagi shtrix-kodlarni ishlatishga asoslangan, 
ularning har biri o‘z texnologik ustunliklariga ega. Masalan 11.3- rasmdagi ITF-14 kodi o‘z 
ixchamliligi bilan ajralib turadi va tovar partiyalarini kodlash uchun ishlatiladi. 
11.1-
jadvalda turli mamlakatlar kodlari keltirilgan. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin