67
Ijtimoiy ta’lim, birinchidan, o’qish va o’zini rivojlantirish turli shakllarda (faqat maktab
yoki professional ta’lim shaklida emas) amalga oshirilishni va odamlar butun umr buyi mustaqil
o’qishni davom ettirishlarini, ikkinchidan, ta’lim berish - davlatning mutloq vazifasi emas, balki
butun jamiyat bu haqda gamshurlik qilish va faoliyat ko’rsatishini tan olishga asoslangan. Shu
sababli har qanday hamjamiyat o’z muammo hamda vazifalarini o’z ini o’z i tashqil etish va o’z
ini o’z i boshharish asosida hal qilish uchun turli (muqobil va variantli) ta’lim tizimlarini tashkil
etish mumkin.
Ijtimoiylashtirilgan ta’lim ikki inson o’rtasidagi muomala madaniyatini shakllantiradi,
hayotning ma’nosini va yo’nalishlarini aniqlashga, jamiyatda o’z o’rnini topishga, o’z
imkoniyatlarini chamalab kurishga imkon beradi. Tabiiy - ilmiy ta’lim inson bilan tabiat
o’rtasidagi
munosabatni, uning tabiiy rivojlanish tamoyillari va qonuniyatlarini hamda
o’zlashtirishning maqsadga muvofiq usullarini o’tkazadi.
Texnologik ta’limda inson ilmiy - texnika yutuqlari, uning tamoyillari, metodlari,
shozirgi zamon texnologiyasini o’zlashtiradi. Bu faqat ishda emas, balki turmushda,
komunnikastiya sohasida, madaniy hayotda ham kerak. Kadrlar tayyorlash
milliy dasturining
insonparvarona mohiyati shundaki, bunda ta’lim - shaxsni shakllantirish va rivojlantirish shakli
va usullari sifatida qabul qilinadi.
Bu o’qitish va tarbiyalash maqsadi, mazmuni, metodi va vositalarini aniqlashda hal
qiluvchi ro`l o’ynaydi. U o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasida ta’lim jarayonidagi o’zaro
munosabatlarida o’zgarish yasaydi, o’quvchilar faolligi va mustaqilligini oshirish o’zini o’zi
kashf etishining sufrekti bo’lib qoladi.
Ta’limni ijtimoiylashrirish o’qitish subyekti - o’quvchiga o’z qobiliyati va ichki
imkoniyatlarini ochishga yordam beradi. Milliy dasturning ijtimoiy mazmuni tufayli ta’limda
yangi qadriyat o’z ifodasini topadi. O’quvchining shaxsiy qiziqishlari va intilishlari birinchi
o’ringa chiqadi, bunda ta’lim oluvchi o’z imkoniyatlarini tula ochishga muyassar bo’ladi.
Mazkur, muammada insonparvarlik ta’limi bilan ijtimoiylashtirish o’rtasidagi munosabat muhim
ahamiyatga ega. Bu faqat masalaning mohiyatini belgilash uchun emas, balki ayni vaqtda
ta’limda boshlangan ijtimoiy o’z garishlarni amalga oshirishda va hayotga joriy etish yo’llari va
vositalarini aniqlashga ham muhim ahamiyatga ega.
Ijtimoiylashtirish insonparvarlikning moshiyatini tushunib etishga ko’maklashadi,
insonni totalitarizm asoratlaridan halos etadi, o’zligini anglatadi. Bu
maqsadga bilimsiz erishib
bo’lmasligi ma’lum narsa.Ta’limni ijtimoiylashtirish insonni bu dunyoda borligini anglashga
imkon beradi.U faoliyat usullarini anglash va samarali o’zlash, o’ziga, boshqalarga, tabiyatga
nisbatan uyg’un munosabatda bo’lish imkoniyatini beradi. Ta’lim jarayonini ijtimoiylashtirish
natijasida o’quvchi inson moshiyatini anglaydi.
O’z hayoti dovomida inson to’g’risida hosil qilingan tushunchalar asosida, shaxs haqiqiy
fuqaro bo’lib eto’shadi. Insonparvarlikka asoslangan ta’lim - ijtimoiy fanlar va yondosh
fanlarning funkstiyalarini kengaytiradi, ta’lim jarayonini, mo’taxassis
shaxsi va uning
dunyoharashi yaxlitligini ta’minlaydi. Ta’limni insonparvarlashtirishdan ko’zlangan asosiy
maqsad yoshlarga tegishli bilim, ko’nikma, malaka, malaka berish, ularning insoniy
dunyoharashini shakllantirishdan iborat. U bulajak fuqarolar tomonidan insonlar faoliyatining
turli sohalarida insonparvarlik goyasi va qadriyatlarini amalga oshirishning asosi bo’lib xizmat
qiladi.
Ta’limda metodologik hayot tajribasiga ziddiyatli xolatlarda ijtimoiy moslashuv modelini
ishlab chiqishni taqozo etadi:
-
ijtimoiy - shaxsiy hayot tajribasiga asoslangan muntazam davom etadigan jarayon
hisoblanadi;
-real vaziyatdan kelib chikib, ziddiyatli holatlarida ijtimoiy moslashuv modelini ishlab chiqishni
taqozo etadi;
-mavjud amaldagi holatga doim moslashish jarayoni hisoblanadi;
shaxslararo aloqalarni hamrab oladi;
-shaxsning shakllanish jarayonini yo’naltiradi.
68
Ijtimoiy ta’lim (hamjamiyat orqali ta’lim berish)
- tashabbuskor guruhlar, hamjamiyatlar,
jamoalar, odamlarning o’zini o’zi boshharadigan uyushmalari shayoti va ixtiyoriy faoliyatining
bir qismi sifatida muntazam, uzluksiz ta’limni tashkil etish konstepstiyasi va amaliyoti. Ijtimoiy
ta’lim konstepstiyasi quyidagi g’oyat muhim prinsiplarini o’z ichiga oladi:
•
u ayrim odamlarda ham, guruhda ham o’z kuchlariga ishonishni va ularga tayanishni
rivojlantirishga aratilgan;
•
u hamjamiyatda, hamjamiyat bilan birgalikda va hamjamiyat uchun ta’limning
variyantliligi prinsiplari asosida (ya’ni uning obyektiv xilma - xilligini e’tirof etish va ushbu
xilma - xillikni ta’lim amaliyotida ro’yobga chiharish asosida) amalga oshirilgan uzluksiz
ta’limni qo’llab - quvvatlaydi;
•
u hamjamiyatdagi odamlarning muammolari va yoshtiyojlariga ta’lim jarayonining
boshlangich nuqtasi deb munosabatda bo’ladi, shu sababli tug’ilayotgan ijtimoiy - iqtisodiy
muammolarni mustaqil hal qilish maqsadida samarali o’qitish va konkret
professional trening
shakllarini ahamiyatli, deb beriladi;
•
u ochiqdir va mushkul ahvolda tushib qolgan odamlar yoshtiyojiga hamda
bolalarning muammolariga, ayniqsa hamdardlik bilan qaraydi, ularni pedagogika va psixologiya
nuqtayi nazaridan qo’llab - quvvatlashga qaratilgan muxsus maqsadlarni qo’yadi;
•
u mavjud maorif tizimining xilma - xil ta’lim xizmatlarini ta’minlash borasidagi
ishini to’ldiradi va har bir odamning aynan o’ziga kerakli va ta’lim standartlari hamda
tasdiqlangan o’quv rejalari bilan belgilab qo’yilganiga qaraganda ancha keng ma’lumot olishga
imkon beradi.
Ijtimoiy ta’lim, birinchidan, o’qish va o’zini rivojlantirish turli shakllarda (faqat maktab
yoki professional ta’lim shaklida emas) amalga oshirilishni va odamlar butun umr bo’yi mustaqil
uqishni davom ettirishlarini, ikkinchidan, ta’lim berish - davlatning mutlaq vazifasi emas, balki
butun jamiyat bu haqda g’amho’rlik qilish va faoliyat ko’rsatishini tan olishga asoslangan. Shu
sababli, har qanday hamjamiyat o’z muammo hamda vazifalarini o’zini o’zi tashkil etish va
o’zini o’zi boshharish asosida hal qilish uchun turli (muqobil va variantli) ta’lim tizimlarini
tashkil etish mumkin.
Mamlakatimizning o’tgan yillaridagi mentalitetida ijtimoiy ta’limni tushinish
mafko’raviylashtirilgan tarbiyadan, ta’limni ijtimoiy - siyosiy
maqsadlar bilan chegaralab
quyilgan tizim deb tasavvur qilishdan iborat edi. Jamiyatdagi o’z garishlan talimga ham,
hamjamiyatga ham, ularning o’zaro aloqasiga ham harashlarni ancha kengaytirdi.
Talim va hamjamiyatlarga mulTimadaniy tizimlar deb haraladigan bo’ldi, bu tizimlarda
hamjamiyat individdan yuqori turib, uning rivojlanishini belgilamaydi, balki turli individlar
birgalikda hayot kechiradigan, turli odamlarning birgalikdagi harakatlari amalga oshadigan jonli
makon deb hisoblanadi.
. Tarbiya- ijtimoiy shayotning abadiy va umumiy mezoni. Pedagogika bolalar tarbiyasini
shaxs axloqiy xislatlarini shakllantirshning maqsadga haratilgan jarayoni sifatida ko’rib
chiqiladi. Agar qandaydir sababga ko’ra bolada ijtimoiy bilimlar shakllanmagan bo’lsa, demak
munasabatlar shakllanmagan, ya’ni unga zarur bo’lgan ijtimoiylashuvda qandaydir mos xislatlari
ham shakllanmagan. Shuning uchun ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonida boladagi shunday
ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan xislatlar shakllangan bo’lish kerak-shuni o’zi ijtimoiy tarbiyani
vazifasidir. Ya’ni ijtimoiy tarbiya deganda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun zarur bo’lgan
ijtimoiy ahamiyatli bola shaxsi xislatlarining shakllanishi maqsadga qaratilgan jarayoni
tushiniladi.
Dostları ilə paylaş: