69
ishlarda barharorlikka jiddiy to’siq bo’ladilar. Ular maktabda va undan tashharida (oilada,
ko’chada, dam olish joilarida va h.k.) tartibsizlikni vujudga keltiruvchilar hisoblanadi.
Shuning uchun ham «qiyin» bolalar maktabda ham, undan tashharida ham o’qituvchi va
barcha jamoat e’tiborida turishi kerak. 5- m. Tarbiyasi qiyin bo’lganlarning kelib chiqishining
ijtimoiy - psixologik va psixologik - pedagogik sabab va omillarni byosh guruhga ajratish
mumkin:
1.Noqulay oilaviy muhit, ota - onalari ortasidagi ziddiyatli vaziyatlar.
2.O’qishga bo’lgan qiziqishning pasayib ketishi va shu munosabat bilan o’qishdan sovib ketishi
(60 - 70 % voyaga etmagan jinoyatchilar bir sinfda ikki yil o’qigan).
3. Ijtimoiy faolligi past va maktab jamoasida noqulay holat mavjud.
4. Mikromuhitning salbiy ta’ siri, salbiy referent guruh ta’ siri.
5. Biror faoliyat yo’zasidan o’z moyilligini, kiziqishini namoyon qilish imkoniyati bo’lmasligi.
Mahallalar - ijtimoiy o’z-o’zini boshharish o’rgani. Ijtimoiy-pedagogik tadqiqotlar.
Oila ko’z ochib ko’rgan dargoh bolsa, mahalla vatan ichidagi Vatandir. Mahalla
oilallardan tashkil topadi. Farzandlar oila barida kamol topganlari kabi oila ham mahalla ichidagi
ravnaq topadi, nurli kelajak sari intiladi. Shunday mahalla oilaning eng yaqin maslahatchisi ,
togday tayanchidir.
Mahalla shunday bir dargohki, unda insonlar bir biri bilan opa-singil, kak-
uka, quda-anda, dost birodar farzand tarbiyasida ahli ma’suldir.
Jamiyatimoizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish haroitida inson omilini
vujudga keltirish davr talabiga aylandi. Barkamol inson haqida, uning mehnati va turmushi,
ma`naviy taraqqiyoti haqida g’amho’rlik jumhuriyatimizning asosiy maqsadidir. Kishi xislatlari
uning mehnatga, ma’naviy, g’oyaviy va madaniy boyliklarga munosabatining asoslari oilada
shakllanadi.
Jamiyat
mustahkam, ma`naviy va axloqiy jixatdan sog’lom oila bo’lishidan
manfaatdordir. Shu sababli jumshuriyatimiz oilani mustahkamlashni, bolalar tarbiyasi,
shuningdek, ijtimoiy turmush haroitlarini yaxshilashda yordam berishni davlat ahamiyatiga
molik ish deb bo’ladi.
Keyingi yillarda respublikamiz tomonidan qabul qilingan bir qator qaror va yo’l-
yoriqlarda xalqimizning ijtimoiy-madaniy yuksalishini ta’minlovchi fikrlar, tavsiyalar berildiki,
bular respublikamo’zning asosi - oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy kamolotida muhim
ro`l o’ynamoqda. Chunki, oilalarning har tomonlama yuksalishi, tabir joiz bo’lsa, jamiyatning
yuksalishi demakdir. Xuddi shu ma’noda kelajagimiz bo’lmish yosh
avlod tarbiyasi va uning
taraqqiyoti davlat ahamiyatiga molik masala hamdir. Ikkinchi tomondan, jamiyatning oila va
oilaviy tarbiyaga bo’lgan talabi ham kun sayin ortib bormoqda. Ota-onalarning bolalar tarbiyasi
yo’zasidan mas’uliyatini kuchaytirish, tarbiyalashga oid layoqatini oshirish, oilaviy va ijtimoiy
tarbiya birligini ta’minlash hozirgi kunning dolzarb masalasidir.
Oila o’zining tarixiy taraqqiyoti davrida uzoq va murakkab yo’lni bosib otdi. Bu yo’lning
o’ziga xos xususiyatlaridan biri jamiyatning o’zaro aloqalari va ijtimoiy vazifalarining tubdan
o’zgarganligidir.
jamiyatning moddiy texnika va ma`naviy yonalishidagi o’zgarishlari
oila faoliyatining
o’zgarishiga sabab bolmoqda. Bunday o’zgarishlar oila qurish, mehr-muhabbat, o’zaro do’stlik
va farzand ko’rishni rejalashtirishda o’z ifodasini topmoqda.
Davlatimiz oilalarni o’zining olib boradigan siyosati markazida olib haraydi. Shu sababli
imkoniyat doirasida moddiy va ma`naviy yordam berishga majbur. Oilaviy tarbiyani maktab,
jamoatchilik bilan uyg’unligini ta’minlashdan manfaatdordir.
Oilaning eng muhim xususiyatlaridan biri insonlar avlodini ko’paytirishdir. Bolalarni
ijtimoiy haetga tayyorlash borasida oila malum darajada ijtimoiy tashkilotlar bilan jamiyat
taraqqiyotiga hamohang holda faoliyatda bolmoqda.
Oilaviy tarbiya muammolarini tadqiq etish, asosan ikki yonalishda olib borilmoqda. Bir
tomonda oilaviy tarbiya pedagogikaning an’ anaviy qismi sifatida organilmoqda. Ikkinchi
70
tomondan esa oila sotsiologiya va filologiya yonalishida ham tadqiq etilmoqda. Matbuotda elon
qilingan maqolalarda mazkur sohaga qiziqqan olimlarning oilaviy
tarbiya xususiyatlariga
ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan yondashayotganliklari ma’lum bolmoqda.
Bolalarning bolalar yasli va bog’chasida uzoq muddat bo’lishlari ularning kamolotiga,
ehtiyoj, qiziqish va muomala harakteriga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Baxtga qarshi hozirgi vaqtda
ota-onalarning ishlab chiharishda ko’plab mashg’ul bo’lishlari sababli o’zlarining to’laqonli
tarbiyaviy vazifalarini bajara olmasliklarini tasdiqlamoqda. Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiya bilan
uzviy aloqada bo’lsagina o’sib kelayotgan yosh avlod farovonligini ta’minlash mumkin. U yoki
bunisining yo’qligi tarbiyaviy jarayonga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Respublikamizda ayni hozirgi kunda oilalarning ijtimoiy ahamiyati ortib bormoqda.
Oilalarning moddiy ehtiyojlarini to’laroq qondirish asosida bolalar tarbiyasi uchun javobgarlikni
kuchaytirish jarayoni tezlashmoqda. Biz uchun oila mustahkamligini ta’minlovchi axloqiy ruhiy
aloqalar juda muhimdir. Huddi ana shu aloqadorlik oilaviy munosabatlar, to’laqonli hissiy-
emotsional, otalik yoki onalik, oilaviy baxtni ta’minlash ehtiyojlarini qondiradi.
Ota-onalarga pedagogik bilim berish, oilaviy tarbiya bo’yicha tajriba almashishi,
ota va
onalarni tarbiya ishlariga qizg’in jalb qilish uchun ularni maktabga, mahalla qo’mitalariga taklif
etish maqsadga muvofiqdir. Ota-onalarning bu boradagi eng muhim vazifalari bolalari
kamolotini oldindan tasavvur eta olishlari, tarbiya maqsadini aniqlashlaridir.
Qo’yilgan maqsadni amalga oshirish faoliyatni mohirlik bilan tashkil etishga bog’liq.
Buning uchun
a)
Bolalarning hayoti va mashg’ulotini to’g’ri tashkil etish (rejim, o’yin, mehnat, uydagi
o’quv ishlari, sport va shunga o’xshash)
b)
O’zining shaxsiy faoliyati va dam olishini tashkil etish (ishda, uy- xo’jaligida,
bolalarni parvarishlashda, o’qishda, dam olishda, yosh avlod tarbiyasi yuzasidan jamoat ishlarida
va hokazo).
Biroq, bu yo’lda bir qancha qiyinchiliklar mavjud. Birinchi qiyinchilik shundan iboratki,
ilg’or oilalar ham tarbiyaning maqsadini va o’z mas’uliyatlarini yaxshi bilsalar ham tarbiya
uslublari, usul va vositalarini aniq qo’llay olmaydilar. Ma’lumki, oilada biron-bir uslub alohida
qo’llanilmaydi, balki barcha uslublar uyg’unlashuvda qo’llaniladi. Bizning hozirgi haroitimizda
ko’proq ishontirish va unga hamohang uslublar ko’proq tatbiq etiladi (masalan, ma’qullash,
rag’batlashtirish). Majbur etish esa boshqalarga nisbatan yordamchi usul sifatida qo’llaniladi.
Demak, tarbiya usullari va uslublarini tanlash, ularni takomillashtirish va tatbiq etish oila
hayotining muhim formasidir. Yosh avlod tarbiyasining muvaffaqiyati biron-bir alohida olingan
usullarga emas, balki o’ylab va yaxshi tashkil etilgan uslublar tizimiga bog’liqdir. Oilada
qo’llanilgan eski bu usullar haqida gap ketganda, shuni esda saqlash lozimki, agar oilaning
hayot tarzi, turmushi va axloqiga monand usullar tanlansa, tarbiyaviy samaradorlik oshishi yoki
mos kelmasa, aksincha bo’lishi hayotda ko’plab kuzatilgan.
Oilada bolalarni tarbiyalash o’zining bir qancha milliy xususiyatlariga ega. Ular xalqning
shakllangan oilaviy an’analari, urf-odatlari, xalqning ruhiyati, hayoti va turmush tarzidir.
Respublikamiz bolalariga ko’rsatadigan amaliy ta’sirini oila orqali amalga oshiradi.
Oilaning bolalariga ko’rsatadigan ta’sir
doirasi shunchalik kattaki, u jamiyat ta’siri bilan
uyg’unlashib ketadi. Shu bilan birga, biz uning o’ziga xos imkoniyatlari mavjudligini inkor eta
olmaymiz.
Barkamol inson tarbiyasida oila jamiyat bilan yaxlit bir birlikni tashkil etadi, bu esa
hozirgi kunimiz uchun xos xususiyatlardan biridir. Ayniqsa, ota-onalar va jamiyat a’zolarining
mehnat faoliyatlari harakteri, er va ayolning teng huquqligi, o’zaro hurmat, farzandlarni
e’zo’zlash, hurmatlash, ijtimoiy va fuqarolik e’tiqodi, oilaviy madaniy hayotning mavjudligi va
o’sayotganligi oilalarga xos fazilat sifatida qadrlanmoqda.
Bolalar tarbiyasiga birinchi navbatda ota va onaning o’zaro munosabatlari katta ta’sir
ko’rsatadi. Bizning jamiyatimizda er va ayollarning teng huquqligi ta’minlangan bo’lsa-da, lekin
biologik tenglik yo’qligini inkor eta olmaymiz. Shu sababli onalar
bolalari tarbiyasi uchun
ko’proq mehnat qilishlarini taqozo etadi. Bundan tashhari, ayollar oilada erkaklarga nisbatan
71
ko’proq vaqtini uy ishlariga sarflaydi. Sotsiologik tadqiqotlarning ko’rsatishicha, hatto dam olish
kunlari ham ayollar uy ishlari uchun toqqiz soatdan o’n bir soatgacha vaqt ajratishadi. Ishlovchi
ayol bolalar tarbiyasi uchun juda oz vaqt ajratishga majbur bo’ladi. Ertalab, ishga jo’nashdan
oldin bolalarini ovqatlantiradi, qiyintiradi, yasli yoki bog’chaga olib boradi, maktabga jo’natadi.
Katta yoshdagi farzandlari o’zlarini eplaydi. Kunning ikkinchi yarmida ishdan qaytgach,
ayolning ikkinchi - uchun bo’lgan ish faoliyati boshlanadi, ya’ni bolalarining uy vazifalarini
bajarishlarini nazorat qilish, kechki ovqat tayyorlash va hokazo.
Dostları ilə paylaş: