6
real yoki potensial manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelish fakti bo‘yicha ma’lumotlarni
oshkor qilish.
2-§ Bo‘sh ish joylariga nomzodlarni lavozimga tayinlash va rotatsiya qilishda
manfaatlar to‘qnashuvini deklaratsiya qilish
16. Agentlik tizimida bo‘sh ish joylariga nomzodlarni, xodimlarni lavozimga tayinlash
va ularni rotatsiya qilishda manfaatlar to‘qnashuvini dastlabki
tarzda deklaratsiya qilish
Agentlikning Kadrlar bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etish yo‘li bilan amalga
oshiriladi:
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha to‘ldirilgan ma’lumotnoma;
ishga
qabul qilish, lavozimga tayinlash va rotatsiya qilish jarayonida manfaatlar
to‘qnashuvi mavjudligi/mavjud emasligi to‘g‘risida mazkur Nizomning 2 va 3-ilovalariga
muvofiq shakldagi ariza to‘ldiriladi.
Xodim tomonidan taqdim etilgan hujjatlar Kadrlar bo‘limi
tomonidan ularda
manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi yoki mavjud emasligi bo‘yicha tekshiriladi. Manfaatlar
to‘qnashuvi aniqlanganida Kadrlar bo‘limi Agentlik rahbarini
yoki nomzod ishga qabul
qilinishi yoki rotatsiya qilinishi nazarda tutilgan tarkibiy bo‘linma faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi rahbar o‘rinbosarini xabardor qiladi.
Rahbar ko‘rsatmasiga asosan Kadrlar bo‘limi Agentlikdagi
tegishli tuzilmalar bilan
hamkorlikda manfaatlar to‘qnashuvini hal qilish choralarini ko‘radi.
Dostları ilə paylaş: