3 Agentlik va uning tarkibiy tuzilmalarida manfaatlar to qnashuvini
3-§ Manfaatlar to‘qnashuvini har yillik deklaratsiya qilish 17. Manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotlarni har yili deklaratsiya quyidagi
tartibda amalga oshiriladi:
Agentlik xodimlari har yili 15 fevralgacha mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq
shaklda har yili ariza topshirishda manfaatlar to‘qnashuvining mavjudligi/mavjud emasligi
haqidagi arizani to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirishlari va to‘ldirilgan arizani Kadrlar bo‘limiga taqdim
qilishlari lozim;
Kadrlar bo‘limi 10 martgacha manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligini ko‘rsatgan
xodimlarni aniqlash uchun manfaatlar to‘qnashuvining mavjudligi/mavjud emasligi haqida
olingan arizalarni tahlil kiladi;
tahlil natijasida faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
xodimlar aniqlansa, bunday xodimlar haqidagi ma’lumot Agentlik Odob-ahloq komissiyasiga
taqdim qilinadi;
Agentlik Odob-ahloq komissiyasi xodimning bevosita rahbari va (zarurat bo‘lganda)
xodim ishtirokida 20 martgacha manfaatlar to‘qnashuvi holatini ko‘rib chiqadi va manfaatlar
to‘qnashuvi bilan tavsiflanadigan vaziyatlarni hal qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab
chiqish bo‘yicha yoki manfaatlar to‘qnashuvi mavjud emasligi haqida qaror chiqaradi.
Mazkur qaror komissiya bayonnomasiga kiritiladi. Bayonnomada chora-tadbirlarni ishlab
chiqishga Mas’ul tuzilma (mansabdor shaxs) belgilab qo‘yiladi;
Kadrlar bo‘limi tomonidan 25 martgacha mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq
shaklda Manfaatlar to‘qnashuvi holatlari reestriga kiritiladigan manfaatlar to‘qnashuvi
holatlari haqidagi elektron ma’lumotlarni jamlaydi va saqlaydi;
7
har yili I chorakda Agentlikning Kadrlar bo‘limi manfaatlar to‘qnashuvini deklaratsiya
qilish, aniqlash va hal qilish bo‘yicha statistika tahlilini Agentlikning O‘z xavfsizlik xizmati
va Agentlik rahbariga kiritadi.