Microsoft Word Agentlik va uning tarkibiy tuzilmalarida manfaatlar to‘qnashuvini


-bob. Axborotning konfedensialligi



Yüklə 137,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/9
tarix02.12.2023
ölçüsü137,53 Kb.
#171092
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3 Agentlik va uning tarkibiy tuzilmalarida manfaatlar to qnashuvini

6-bob. Axborotning konfedensialligi 
25. Manfaatlar to‘qnashuvini hal qilishda qatnashadigan xodimlar olingan 
ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi va ushbu ma’lumotlardan faqat ko‘rib chiqish, 
hisobga olish va hal etish choralarini ko‘rish hamda ushbu jarayonni nazorat qilish uchun 
Mas’ul bo‘lgan shaxslar tomonidan foydalanilishini ta’minlashi lozim. 
26. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Agentlikning xodimlarida manfaatlar 
to‘qnashuvi fakti yoki gumoni haqidagi xabar bilan Agentlikga murojaat qilinganida uni 
ko‘rib chiqish O‘z xavfsizlik xizmati tomonidan Kadrlar bo‘limi bilan hamkorlikda mazkur 
Nizom va boshqa ichki hujjatlarga asosan amalga oshiriladi. 
7-bob. Reestrni yuritish va saqlashga qo‘yiladigan talablar 
27. Agentlikning Kadrlar bo‘limi manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining hisobini mazkur 
Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda Reestrga kiritish yo‘li bilan o‘z vaqtida va to‘liq 
yuritishlari shart. Bunda, hududiy va tarkibiy bo‘linmalarning Reestridagi ma’lumotlar 
markaziy apparat Kadrlar bo‘limi tomonidan Agentlikning umumiy Reestiriga birlashtirib 
boriladi. Umumiy Reestr Agentlikning O‘z xavfsizlik xizmatiga har chorakda taqdim etib 
boriladi. 
28. Ma’lumot Reestrga quyidagi hollarda kiritilishi kerak: 
Agentlikga ishga qabul qilishda – nomzod manfaatlar to‘qnashuvining 
mavjudligi/mavjud emasligi haqida arizada manfaatlar to‘qnashuvining mavjudligini 
ko‘rsatgan bo‘lsa va Agentlik rahbari manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqishi mumkinligi 
faktini tasdiqlasa; 



lavozimga tayinlash/rotatsiya qilish vaqtida manfaatlar to‘qnashuvini oshkor qilishda – 
Agentlik rahbari tomonidan buyruq imzolangan paytdan boshlab uch ish kunidan 
kechiktirmasdan; 
manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqishiga ko‘ra – Kadrlar bo‘limi va xodimning bevosita 
rahbari tomonidan chora ko‘rilgan taqdirda; 
Agentlik xodimlari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotlar har yili 
deklaratsiya qilinganda – mazkur Nizomning 17-bandiga muvofiq; 
manfaatlar to‘qnashuvining mavjudligi haqida aloqa kanallaridan olingan ma’lumot 
tasdiqlanganda; 
ichki xizmat tekshiruvlari o‘tkazilganda va Agentlikning korrupsiyaga qarshi 
kurashish siyosati va talablariga rioya qilinishi monitoring qilinganda hamda Agentlik rahbari 
tomonidan Reestrga ma’lumot kiritish haqida bevosita ko‘rsatma bo‘lganida. 
29. Xodimlarning manfaatlar to‘qnashuviga tegishli bo‘lgan ariza va xabarnomalari 
hamda boshqa ma’lumotlar Kadrlar bo‘limida saqlanadi. 
8-bob. Yakuniy qoidalar 
30. Egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, barcha xodimlar, ushbu Nizomning 
talablariga rioya qilish, shuningdek, o‘z manfaatlarining to‘qnashuvi to‘g‘risida Agentlikga 
o‘z vaqtida va to‘liq ma’lumot berish bo‘yicha shaxsan javobgar hisoblanadi. 
31. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka 
tortiladi.

Yüklə 137,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin