8
21. Istisno holatlarda, ushbu Nizomning 20-bandida sanab o‘tilgan choralar manfaatlar
to‘qnashuvini to‘liq tartibga solmagan taqdirda, quyidagi tartibga solish choralari ko‘rilishi
mumkin:
xodim tomonidan Agentlikning manfaatlariga to‘qnash keladigan shaxsiy
manfaatdorligidan voz kechishi;
xodim
tomonidan
Agentlik
manfaatlariga
to‘qnash
keladigan
shaxsiy
manfaatdorligidan voz kechmaganda uning mehnat shartnomasini bekor qilish.
22. Har bir vaziyatda, manfaatlar to‘qnashuvi predmetini belgilab beradigan faktdan
kelib chiqib, xodim bilan Agentlikning kelishuviga ko‘ra uni hal qilishning boshqa choralari
qo‘llanilishi mumkin. Ko‘riladigan barcha choralar qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lishi
va mazkur Nizomda belgilangan tamoyillarni amalga oshirishni ta’minlashi lozim.
23. Agentlikda Kadrlar bo‘limi va xodimning bevosita rahbari tomonidan manfaatlar
to‘qnashuvini bartaraf etish choralari va qabul qilingan qarorlar Odob-axloq komissiyasining
eng yaqindagi yig‘ilishida ko‘rib chiqilib, bu haqda majlis bayonnomasida aks ettiriladi.
24. O‘z xavfsizlik xizmati xodim e’tiroziga yoki rahbar topshirig‘i, shuningdek o‘z
tashabbusi bilan Kadrlar bo‘limi va xodimning bevosita rahbari, shuningdek odob-ahloq
komissiyalari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha qabul qilingan
qarorlarning xolisligi va maqbulligini tekshirish huquqiga ega.
Dostları ilə paylaş: