Al-adab al-mufrad. Imom
Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
192
595-bob. Ziyofat haqida
1279. Maymun ibn Mehron Nofi' (r.a.)dan: "Ab-dulloh ibn Umar (r.a.) ziyofatga
chaqirganlarmi?" - deb so'radilar. "Lekin tuyalari shikastlanganda uni bizga so'yib
bergandilar", dedi Nofi' (r.a.), so'ng: "Madinaliklarni oldimga yig'ib kel",
dedilar Ab-
dulloh ibn Umar (r.a.). Men: "Ey, Abu Abdurrahmon, nima uchun chaqiramiz, axir
nonimiz yo'q-ku?" - de-dim. Abdulloh ibn Umar (r.a.): "O'zingta shukr,
Allo-him, mana
bu nimta-nimta go'sht, bu esa go'shtli sho'rva, kim xohlasa yeb-ichib ketaveradi,
xohlamagan yo'q", dedilar".
596-bob. Erkaklarni xatna qildirish haqida
1280. Abu Hurayra aytdilar (r.a.): "Rasululloh (s.a.v.): "Ibrohim (a.s.) 80 yoshlaridan
keyin Qaddum degan joyda o'roq-randa (ga o'xshash tig') bilan xatna qilinganlar",
dedilar".
Qaddum Xalaf yaqinidagi bir joyning nomi. Madina yaqinidagi tog'ni ham shunday
deyisharli, deguvchilar ham bor.
597-bob. Ayollarni xatna qilish haqida
1281. Ummu-l-Muhojir aytdilar: "Men Rum yaqini-da asirga tushdim. hz. Usmon (r.a.)
bizga Islomga ki-rishni taklif qidtsilar. Men va yana bir kishidan boshqa hech kim
musulmon bo'lmadi. Hz. Usmon (r.a.) (yonidagilarga): "Bu
ikkovini xatna qildirib,
tozalang", dedilar".
598-bob. Xatna ziyofatiga chaqirish haqida
1282. Solim aytdilar: "Ibn Umar (r.a.) men va Nu'-aymni xatna qildilar va bizga
qo'chqor so'ydilar. Biz uchun qo'y so'yilganiga bolalarcha suyunganimizni ko'rsangiz
edi!"
599-bob. Xatna marosimida xursandchilik qilish haqida
1283. Hz. Oyisha (r.a.) akasining qizlari xataa qil-dirilgan edi.
Oyisha onamizga shu
munosabat bilan "Ularni xursand qilish uchun birortasini chaqirmay-mizmi?" - deyishdi.
Hz, Oyisha (r.a.): "Mayli", deb Adiyga odam yubordilar, u keddi. Oyisha onamiz uy-
larining yonidan o'ta turib
Adiyning boshini tebra-tib, zavq bilan xonish qilayotganini
ko'rdyutar. U ser-tuk odam edi. Oyisha (r.a.): "Bay-bay, chiqarib yubo-ringlar
shaytonni, chiqaringlar uni!" - dedilar.
Dostları ilə paylaş: