Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Yoshi ulug' va hurmatli kishilar bilan birga yurish haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/234
tarix27.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#66502
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   234
al adab ala mufrat

379-bob. Yoshi ulug' va hurmatli kishilar bilan birga yurish haqida 
877. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Abu Talha (r.a.)ning xurmozorida 
o'tirganlarida hojatga chiqtsilar. Bilol (r.a.) yonlariga bordilar. Payg'ambar (s.a.v.) bir 
qabrning yonidan o'taetib, Bilol (r.a.) yetib kelgunicha turib qoldilar va: "Sho'ring qursin, 
ey Bilol, men eshitayotgan narsani eshitayapsanmi?" - dedilar. Bilol (r.a.): "Men hech 
narsa eshitmayapman", deb javob berdilar. Shunda ul zot: "Bu qabr egasi 
azoblanmoqda", dedilar. Keyinchalik bu
qabrda yotgan mayit yahudiy ekani ma'lum bo'ldi". 
380-bob. Adab haqida 
878. Qays aytdilar: "Muoviya kichkina ukasiga: "Xo-dim bolani mingashtirib ol", dedi. U 
ko'nmadi. Shun-da Muoviya. "Sen qanday yomon tarbiya olgansan-a!" - dedi. Kdys 
atdilar: "Men Abu Sufyonning unga "Ukangni o'z holiga qo'y", deganini eshitganman". 
879. Amr ibn Oss (r.a.) aytdilar: "Do'stlar ko'pay-gan sari burchlar ham ko'payadi". 
Roviy Yahyo: "Men Musodan burchlarning nima ekanligani so'ragan edim, u: "Haklar", 
deb javob berdi. 
381 -bob. Ba'zi she'rlar hikmat bo'lishi haqida 
880. Xolid ibn Kayson aytdilar: "Men Abdulloh ibn Umarning huzurlariga borgan edim. 
Oldilarida Yosibn Haysama bor ekan, u: "Ey, Foruqning o'g'illari! She'rlarimdan o'qib 
beraymi?" - dedi. U kishi: "Ha faqat yaxshisini o'qi", dedilar. She'rning Ibn Umarga 
yoqmaydigan joyi kelganda "Bas qil!" - dedilar. 
Ya'ni barcha she'rlar ham birdek maqbul emas, shu bilan birga she'rni butunlay rad 
etilmaydi. Balki uning ma'nosiga qaraladi: agar unda Allohning sifatlari, ne'matlari, 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
138
yaxshilikka undov, taqvodorlarning vasflari keltirilgan bo'lsa, bunday she'rlar maqbul 
hisoblanadi. Bordiyu she'rda kimnidir qajv va masxara etilgan yoxud u ayollar madhiga 
bag'ishlangan bo'lsa, bu turdagi she'rlar harom hisoblaiadi  
881. Mutarrif aytdilar: "Men Imron ibn Husaynga Kufadan Basragacha bo'lgan yo'dda 
hamroh bo'ldim. Yo'l asnosi qaysi joyda to'xtab dam olganimizda u kishi menga she'r 
o'qib: "Kinoyali so'zlarda yolg'ondan qochishlik bor", derdi". 
882. Ubay ibn Ka'bdan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "She'rlarning hikmatlisi ham 
bor", dedilar". 
883. Asvad ibn Sari' aytdilar: "Yo Rasulalloh, men Parvardigorimni go'zal sifatlar bilan 
maqgab madhiya bitdim", dedim. Ul zot: "Parvardigor hamdni yaxshi ko'radi", dedilar va 
boshqa hech narsa qo'shimcha qilmadilar". 
884. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kishining qorni jarohat bilan 
yiringga to'lishi she'r bilan to'lishidan yaxshiroqdir", dedilar". 
885-hadis 883-hadisning takrori, faqat unda Asvad ibn Sari' Rasu-lullohdan "Rabbimga 
bag'ishlangan madhiyamni o'qib bersam maylimi?" - deb so'raydi. 
 Oyisha (r.a)ga: Abu Hurayra (r.a.) "Sizlardan biringizning qorni she'rga to'lishi..." deya 
yuqoridagi hadisni aytgani bildirildi. Shunda Oyisha (r.a): "Abu Hurayraga Xudo rahm 
qilsin, hadisning boshini yodlabdi-yu, oxirini yod olmabdi. Mushriklar Rasululloh (s.a.v)ni 
hajv qilib, she'r to'qir edilar. Shuvdan keyin ul zot: "Sizlardan biringizning ichi mana 
shunday hajviy she'rlar bilan to'lganidan ko'ra, yiringa to'lgani yaxshiroqdir", . 
degandilar", deb javob berdilar. Tag'oviy aytadilar: "Hadisdagi she'rdan Rasululloh 
(s.a.v)ni hajv qilingani ko'zlangan bo'lganida edi, "to'lmoq" lafzi kelmasdi. Chunki unday 
hajviyalarning ozi ham, ko'pi ham kufrdir ". 
886. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Hasson ibn Sobit rasululloh (s.a.v.)dan mushriklarni 
hajv qilishga ruxsat so'radi. "Mening nasabim(ni mushriklarning haj-viyalaridan) qanday 
(holi qilasan)?" - dedilar Rasululloh (s.a.v.) "Xamirdan qil sug'urgandek ulardan sizni 
tortib olaman", dedi". 
Ya'ni mushriklarning ahmoqona bo'htonlaridan nomingizni himoya qilaman, demoqchi 
(t.). 
887. Hishom otasidan shunday naql qilgan: "Oyisha onamiz huzurlarida Hasson ibn 
Sobitni so'kishgan edi, "Uni so'kmangiz, chunki u Rasululloh (s.a.v.)ni mudofaa qilardi", 
dedilar". 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin