Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
23
taxqirlamasin, chunki har kim o’z himmati va qudratiga yarasha hadya qiladi. Hadya oz
bo’lgani uchun uni mensimaslik o’rtada adovatni qo’zg’atadi.
Abu Hurayradan rivoyat qilingan 123-hadis mazmuni 122-hadisning aynan
68-Qo’shnidan shikoyat qilish haqida
124. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasululloh (s.a.v.)ga kelib: "Yo Rasululloh!
Mening bir qo’shnim bor, u menga ko’p ozor beradi", deb shikoyat qildi. Rasululloh
(s.a.v.) unga: "Uyingga borib hamma buyum, asbob-uskunalaringni ko’chaga chiqarib
qo’y", deb maslahat berdilar. U Rasululloh (s.a.v.) buyurganlaridek uyidagi narsalarini
ko’chaga chiqarib qo’ydi. Odamlar yig’ilib: "Bu nima, nima hodisa bo’ldi?" - deb
so’rashganda, u bo’lgan voqeani ularga aytib bergandan keyin, ular: "O’z qo’shnisiga
ozor bergan bunday qo’shniga Alloh taoloning la'nati bo’lsin!" - deb duoibad qila
boshladilar. Bu mojarodan xabardor bo’lib qolgan o’sha yomon qo’shni o’zi kelib uzr
so’radi va: "Yuklaringni uyingga kirgizib qo’yaver! Bundan keyin senga sira ozor
bermayman", deb qasam ichdi.
125-hadisda 124-hadis mazmuni takror kelgan, faqat u Juhayfa (r.a.)dan rivoyat
qilingan.
125-hadisda 124-hadis mazmuni takror kelgan, faqat u Juhayfa (r.a.)dan rivoyat
qilingan.
126. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) ilgari janoza namozi
o’qiladigan yer (maqomi Ibrohim)da oq kiyim kiygan bir kishi bilan ro’baro’ o’tirgan
vaqtlarida bir odam o’z qo’shnisidan ko’rayotgan zulmdan shikoyat qilgani kelib, maqomi
Ibrohim bilan Rukni Yamoniy o’rtasida o’tirdida: "Yo Rasululloh! Ota-onam sizga fido
bo’lsin, yoningizdagi oq kiyim kiygan kishi kim edi?" - deb so’radi. Rasululloh (s.a.v.):
"Uni sen ko’rdingmi? Senga ko’p yaxshilik, barakotlar. kelibdi, u Hazrat Jabroil edilar.
Jabroil (a.s.) menga qo’shnichilik haqida ko’p ta'kid qildilar, hatto men qo’shnilarni bir-
biriga merosxo’r qilish haqida Alloh taolodan vahiy keltirdilar shekilli, deb gumon
qildim", dedilar".
Maqomi Ibrohim - Harami sharif ichida, Ka'baning o’ng tarafidaga kichik bir yer, rukni
Yamoniy esa, ushyug o’ng tarafidagi burchak nomi.
Dostları ilə paylaş: