Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
25
134. Hasan Basriy (r.al.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Abdulloh ibn Umar (r.a.)
taom yeydigan vaqtlarida bir yetim bola kelib, u janob bilan birgalikda ovqatlanardi.
Kunlarning birida Abdulloh (r.a.)ga taomlari keltirildi, lekin yetim bola yo’q edi. Uni
axtarib topisha olmadi. Noiloj Abdulloh (r.a.) o’zlari taomni yeb bo’lganlaridan keyin bola
kelib qoldi. Bolaning taomini olib kelinglar, deb buyurdilar, ammo taom tugab qolgani
uchun uzr aytilgandan keyin Abdulloh (r.a.) talqon bilan asalni keltirib, .bola oldiga
qo’ydilarda: "Mana buni tanovul qila qol! Alloh nomi bilan qasamyod qilamanki, sen
ziyon qilgan bo’lmading", dedilar". Hasan Basriy (r.al.) aytdilar: "Vallohi, Ibn Umar (r.a.)
ham ziyon qilmadilar".
Ziyon qilgan bo’lmading - ya'ni taomdan kech qolgan bo’lsang ham, bu talqon bilan asal
biz yegan taomdan yaxshiroqdir.Ibn Umar (r.a.) ham ziyon qilmadilar -chunki u kishi
yaxshi gap bilan bolaning ko’nglini ko’tarib savobga ega bo’ldilar .
135-hadisda 133-hadis mazmuni takrorlangan, faqat u Sahl ibn Sa'd (r.a.)dan rivoyat
qilingan.
136. Abu Bakr ibn Hafsning aytishlaricha, Abdulloh ibn Umar (r.a.) biron yetim bola
ishtirok etmaguncha dasturxondan taom yemasdilar.
Dostları ilə paylaş: