www.ziyouz.com kutubxonasi
91
(r.a.)ning xonalarida bo'lgan bir kushi ul zotning boshqa zavjalari hz. Zaynab (r.a.) izn
so'ramay achchiq-langan holda kirib kelib, Rasululloh (s.a.v.)ga achchiq-tiziq gapira
boshladi. Keyin esa, Oyishaga hujum qildi.. Rasululloh (s.a.v.) unga qarshi biron narsa
deb og'iz och-madtsilar. Hz. Oyisha (r.a.)ga javob aytish uchun ruxsat bergan ma'noda:
"Zaynab oldingda turibdi, o'chingni olaver", dedilar. Bu hadisga bog'liq voqea to'la tafsiri
bilan 570-hadisda kelladi.
2 Bu o'rindagi ota sevgan odamni sevish haqidagi fikr shu kshtobdagi 20, 21 va 22-
boblardagi qator hadislar bilan musstahkamlanadi Chunki Zaynab onamiz sohibjamol va
Rasuli akram (s.a.v.) nazdi-larida hurmatli bo'lib, onamiz hz. Oyisha (r.a.) bilan
Rasululloh (s.a.v.)ga maqbul bo'lshtsda doim musobaqa qilishadigan ayollar edilar.Ya'ni
Oyisha (r.a.) otalaridek o'tkir fikrli, ziyrak va savol-ga muloyimlik bilan darhol javob
qaytara oladigan ayol deb maqtagan bo'ldilar
253-bob. Qahatchilik va ochlik yilida kishilarning bir-birlariga
yordamlashishlari haqida
571. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Oxirgi zamonda ocharchilik bo'ladi.
Shunday vaqt kimga to'g'ri kelsa, och kishilarga boshqalarni teng qilmasin (ya'ni:
bularga ko'proq xayri ehson qilsin)", dedilar.
572. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Ansorlar Rasululloh
(s.a.v.)ga: "Xurmo daraxtlarimizni bizlar bilan muhojir birodarla-rimiz-ga taqsim qilib
bering!" - deb iltimos qilishganda, Rasululloh (s.a.v.): "Yo'q", dedilar. Keyin ular
muhojirlarga qarab: "Bo'lmasa xurmoga qarash mehna-tidan bizlarni qutqazasizlar va
mevalariga sizlarni sherik qilamiz", dedilar. Shunda muhojirlar: "Bu fikrlaringizni qabul
qilib, shunga muvofiq amal qilamiz", dedilar".
Rasuli akram (s.a.v.) ansorlarning bu taklifini yaqinda bo'lajak futuhotlardan umid qilib
va o'zlari qiynalib qolishlarini hisobga olib qabul qilmadilar.
573. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Hz. Umar ibn Xattob qattiq ocharchilik va og'ir
musibatli bo'lgan ramoda yili eqin ekiladigan va xurmo daraxtlari o'tqazilgan hamma
qishloqlarda yashaydigan arablarga teva, bug'doy va zaytun moylaridan yordam qilishda
sa'y-harakat qildilar. Bu ocharchilikdan hamma qishloqlarda qurg'oqchilik paydo bo'lib,
ahllarini og'ir mashaqqatga solib qo'ydi. Shunda hz. Umar tik turib: "Ey, Alloh! Bu
xalqlar rizqini tog'lar boshidan yetkazgin!" - deb duo qil-dilar. Alloh rabbil olamiyn bu
zotning duolarini va musulmonlarning "omin" degan tilaklarini qabul qilib, yomg'ir
yog'dirdi. Shunda hz. Umar Alloh taologa hamd etib: "Alloh taolo shu musibatni
ko'tarmaganda, uylarida kengchilik bo'lgan musulmonlar xonadonidan birontasini ham
qo'ymay, ularga o'zlarining adadicha faqirlardan albatta kiritgan bo'lardim, toki bir
kishiga kifoya qiladigan taomdan ikki kishi tanovul qilib, halokatga uchramasdi",
dedilar".
Hijratning o'n sakkizinchi yili (18/639)da qurgoqchilik bo'lib, shamol tuproqni kuldek
sovurgan, hatto yovvoyi hayvonlar odamlar atrofiga kelib, panoh topgan edilar. Shunda
hz. Umar Rasululloh (s.a.v.)ning amakilari hz. Abbos (r.a.) bilan chiqib, Alloh taolo-dan
yomg'ir talab qildilar va toki odamlar o'zlarini o'nglab olma-gunlaricha men hech narsa
Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yüklə Dostları ilə paylaş: |