Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
196
1309. Nofi' (r.a.) aytdilar: "Abdulloh ibn Umar (r.a.) agar xonadonlarida biror kishi nard
o'ynayot-ganini ko'rib qolsalar,
uni urib, nardni sindirib tashlar edilar".
1310. Oyisha onamizdan rivoyat qilindi: Uylarida yashovchi axli baytda nard borligini
xabari yetib kel-di. Hz. Oyisha darhol ularga odam jo'natib: "Agar nardni tezda chiqarib
tashlamasangiz, o'zingizni uydan chiqarib yuboraman!" - dedilar.
1311. Abdulloh ibn Zubayr o'z xutbalarini shuvday dedilar: "Ey,
Makka ahli, menga yetib
kelgan xabarga ko'ra. Quraysh kishilari nard degan o'yin o'ynayotgan zmish-lar. Bu juda
muammodir. Alloh taolo: "Albatga, may va qimor..." degan.
Men Alloh nomi bilan qasam
ichib ayta-manki, kimki bu o'yinni o'ynasa, oqibati sochi va terisigadir. (ya'ni, oqibati
juda yomon bo'ladi) hamda uning butun molshsh u haqda
xabar keltirganga olib
beraman!"
1312. Abu Hurayra (r.a.) nardni qimor sifatida o'ynayotgan odam haqida "U xuddi
cho'chqa go'shti yeganday bo'ladi", dedilar. Shunday, qimorsiz o'ynaydigan haqida esa:
"U xuddi cho'chqaning qoniga qo'lini tiq-qan kabidir. Nardning oldida unga qarab o'tirgan
esa, xuddi cho'chqaning go'shtiga qarab turgan kabidir", dedilar.
1313-hadis Amr ibn Os (r.a.)dan rivoyat qilingan bo'lib, yuqoridagi hadisning takroridir.
618-bob. Mo'min kishi o'zini inga chaqtirmasligi haqida
1314. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Mo'min ki1pi o'zini
bir inga ikki
marta chaqirmaydi", dedilar.
Inga chaqtirish - ya'ni zaharli hashorotlarga chaqgirishdir. Bu o'rinda to'g'ri ma'no ham,
majoziy ma'no ham bor, binobarin, aqlli odam xatoni takrorlamaydi .
619-bob. Kechasi o'q otgan kishi haqida
1315. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Kimki kechasi o'q otsa,
u bizdan
emas", dedilar.
1316. Yana Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kimki bizga qarshi qurol
ko'tarsa, u bizdan emasdir", dedilar".
1317-hadis yuqoridagi hadisning takrori, faqat u Abu Muso Ash'ariy (r.a.)dan rivoyat
qilingan.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: