Al-adab al-mufrad. Imom
Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
63
Alloh rizosi uchun qilingan taqsim emas", dedi. Men bu gapni albatta Rasululloh
(s.a.v.)ga yetkazaman, deb huzurlariga borganimda sahobiylar bilan o'tirgan ekanlar.
Ansoriyning gapini
sekin quloqpariga aytdim, u zotga og'ir tushdi, g'azablandilar,
ranglari ham o'zgarib ketdi. Hatto men bu xabarni yetkazmasam bo'lar ekan, deb afsus
qildim. Rasululloh (s.a.v.): "Hz. Muso (a.s.) bundan ham ko'proq ozor chekkan bo'lsalar
ham sabr qilgan edilar", dedilar".
183-bob. Munosabatlarni tuzatish haqida
396. Abu Dardo (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Men
sizga
namozdan, ro'zadan va sadaqadan ham darajasi ortiqroq narsani aytib beraymi?" -
dedilar. Sahobiylar: "Aytib bering, yo Rasulalloh", deyishdi. Rasululloh (s.a.v.): "U esa
kishilarning orasi tuzuk bo'lishidir. Uning buzuq bo'lishi hamma yaxshi narsalarni
taroshlaguvchidir", dedilar.
397. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Qur'ondagi "Allohdan qo'rqingiz va oralaringizni
tuzatingiz", (8:1) degan oyatida mo'minlarning Allohdan qo'rqishi
zarurligi va
munosabatlarini tuzatishlari kerakligi ta'kidlangan".
Yüklə
Dostları ilə paylaş: