Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
64
"Oyisha bunday qilishdan tiyilsin, bo'lmasa men unga hajr qilaman", deb qasam ichdilar.
Bu gap hz. Oyishaga yetkazildi. Shunda hz. Oyisha: "Abdulloh ibn Zubayr shunday
degan bo'lsa, men u bilan aslo gaplashmaslikni o'zimga nazr qildim", deb so'zlashmay
yurdilar. Hz. Oyishaning so'zlashmay yurishlari uzoqqa cho'zilgandan keyin, Abdulloh
yarashtirib qo'yish uchun muhojirlarni vosita qilsa ham Oyisha: "Bu to'g'rida hech
kimning vositachiligini aslo qabul qilmayman va o'z-o'zimga olgan nazrimni ham sira
buzmayman", deb qasam ichdilar. Bu holat yana davom etavergach, Abdulloh Bani
Zahra qabilasidan bo'lgan Musavvar ibn Mahrama (r.a.) bilan Abdurrahmon ibn Asvad
ibn Yag'us (r.a.)larga murojaat kdlib, hz. Oyisha huzuriga kirishlarini iltimos qildilar va
mendan aloqani uzaman, deb nazr qilmoq Oyishaga durust emas, dedilar. Shunda
Musavvar bilan Abdurrahmon ikkovlari Abdulloh ibn Zubayrni o'z ridolariga o'raltirib hz.
Oyisha huzurlariga kelib salom berib: "Kirsak mumkinmi?" - deb ruxsat so'rashdi. Hz.
Oyishaularga: "Kiringlar", degan edilar, ular: "Hammamiz kiraveraylikmi?" - deyiishdi.
Hz. Oyisha oralarida Abdulloh ibn Zubayr ham borligini bilmay qolib: "Hammangiz
kiraveringlar", dedilar. Ich-kariga kirish bilan Abdulloh ibn Zubayr Oyishaga ro'baro'
bo'lgach, u kishini quchoqlab yig'layverdi. Shu paytda Musavvar bilan Abdurrahmonlar:
"Endi siz Ab-dulloh ibn Zubayr bilan yarashmasangaz bo'lmaydi. Uning uzrini qabul
qiling, Rasulullohning: "Kishi uch kundan ortiq o'z birodari bilan arazlashib yurmog'i
durust emas", degan so'zlarini o'zingiz yaxshi bilasiz", deyishdi. Bular ko'p
yalinaverganlaridan keyin hz. Oyisha: "Men u bilan so'zlash-mayman, deb nazr qilgan
edim, nazr masalasi og'ir", deb yig'ladilar va oxiri u bilan so'zlashdilar, qilgan nazrlaridan
qutilish uchun qirqta qulni ozod qildilar. Keyingi vaqtda hz. Oyisha bu voqeani eslab
yig'lar, hatto ko'z yoshlari bilan ro'mollarini ho'l qilib yuborgan edilar.
Birovning qobiliyatsizligi, aqliga xalal yetganligi yoki yoshi kichikligi tufayli savdo-sotiq
ishlariga bevosita aralashishdan man qilib qo'yish istilohda hajr deyiladi.Nazr qilmoq -
niyat, va'da, avd qilmoq.Bani Zahra qabilasi Rasululloh (s.a.v.)ga ona tomonidan
qarindosh bo'lgani uchun hazrat Oyisha ularni juda sevardilar.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: