Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc



Yüklə 265,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/67
tarix20.11.2023
ölçüsü265,29 Kb.
#165067
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   67
Alkimyogar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
21
“Bu savdogar dunyo kezish yoki movutchining qiziga uylanish uchun shirinlik 
pishirmaydi. Bu shunchaki uning ko‘nglidagi mashg‘uloti, shu ish unga yoqadi”, — deb 
o‘yladi bo‘zbola va bir qarashda har qanday odamning o‘z taqdiri Yo‘liga qanchalik uzoq 
yoki yaqinligini qariyadan yomonroq bilmasligini payqadi. 
“Bu juda oddiy, nahotki men avval buni tushunmaganman?” 
Chodirni tortib bog‘lashgandan so‘ng qandolatchi unga yog‘da pishgan birinchi somsani 
uzatdi. Santyago uni bahuzur yedi va tashakkur bildirib, chodirdan jildi. Ketayotib 
tuyqusdan chodirni qurishayotganda qandolatchining arabcha gapirgani va o‘zining 
ispancha javob qilgani yodiga tushdi, biroq ular baribir bir-birlarini tushunishibdi-da. 
“Demak, so‘zlarga tobe bo‘lib qolmagan til ham bor ekan, — o‘yladi u. — Men shu tilda 
qo‘ylar bilan gaplashardim, mana, endi odam bilan gaplashishga urinib ko‘rdim”. 
“Hammasi bir butun, yaxlit”, degan edi Qariya. 
Santyago belgilarni ko‘zdan qochirmaslik uchun Tanjerning tor ko‘chalaridan shoshilmay 
yurishga qaror qildi. Bu sabr-qanoatni talab etadi, biroq sabr-qanoat shunday ezgu 
ne’matki, har qanday cho‘pon dastlab ana shu saboqni oladi. 
“Hammasi bir butun, yaxlit”, — Malkisidqning so‘zlari tag‘in yodiga tushdi. 
Billur buyumlar sotuvchi savdogar yangi kunning boshlanishini kuzata turib, 
ertalabdanoq ko‘nglini cho‘ktiradigan odatdagi g‘am-tashvishdan og‘rindi. U tik tushgan 
tor ko‘chadagi xaridorlar onda-sonda bosh suqadigan do‘konida, qariyb o‘ttiz yildan beri, 
tirikchilik qiladi. Hayotida biror-bir o‘zgarish qilishga endi kech; billur idishlarni sotishdan 
bo‘lak yumush qo‘lidan kelmaydi. Bir paytlar uning do‘koni gavjum bo‘lardi, arab 
savdogarlari, ingliz va frantsuz geologlari, olmon askarlari — puldor odamlar ko‘p 
kelishardi. O‘shanda billur savdosi foydaning koni edi va u boyib ketishiga, yoshi 
qaytganda malohatli ayollar ko‘nglini charog‘on etishga umidlanardi. 
Biroq zamon evrildi, bu bilan baqamti shahar ham o‘zgarishlarga yuz burdi. Tanjerning 
shundoq biqinidagi Seut tez qad rostladi va savdoning avj nuqtasi o‘sha tarafga ko‘chdi. 
Yon-atrofidagi savdogar-qo‘shnilar har qaysi har yoqqa ravona bo‘lishdi, bu tor ko‘chada 
sanoqligina do‘konchalar qoldi va deyarli hech kim ularga bosh suqaydi, bu joyga qadam 
bosmaydi. 
Biroq har nima bo‘lganda ham, billur idish sotuvchi bu savdogarning endi bo‘lari bo‘lib, 
bo‘yog‘i singgan edi. O‘ttiz yil u billur olib sotish bilan mash-g‘ul bo‘ldi, endi yoshi bir 
joyga borganda hayotini o‘zgartirishga kech. 
Choshgohgacha savdogar unda-bunda o‘tganlarni kuzatib o‘tirdi. Ko‘p yillar shu zaylda 
o‘tirganidan bu tang ko‘chadan kimning qay mahalda o‘tishi unga yod bo‘lib ketgan. 
Biroq tushlikka bir necha daqiqa qolganda do‘konining peshtaxtasi ortida bir navqiron 
muhojir paydo bo‘ldi. U binoyiday kiyingan edi, biroq savdogar sinchkov nigohi bilan 
uning puli yo‘qligini payqadi. Shunday bo‘lsa-da, u chiqib ketgunicha tushlikka 
shoshilmay turishni ma’qul bildi. 
Eshikdagi e’lon bu do‘konda xorijiy tillarda ham gapirilishini daraklardi. Santyagoning 
ko‘zi peshtaxta ortida ko‘ringan xo‘jayinga tushdi. 
Xohlasangiz, men mana bu idishlaringizni yuvib beraman, — dedi bo‘zbola. — Bu 
ahvolda ularni hech kim sotib olmaydi. 
Xo‘jayin javob qilmadi. 
— Evaziga menga biror yegulik berasiz. 
Xo‘jayin miq etmay unga qarab turardi. Santyago bir qarorga kelishi zarurligini tushundi. 
To‘rvasida kamzuli bor edi — sahroda keragi bo‘lmaydi. U kamzulni to‘rvadan olib, 
idishlarni artishga kirishdi. Yarim soat ichida peshtaxtadagi idishlar yaraqladi va shu 
payt ikki kishi kirib, billur idishlardan xarid qildi.


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Yüklə 265,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin