“Taraqqiy” gazetasi
Demokratik yo’nalishdagi o’zbek milliy matbuotining namunalari 1905-1907 yillarda
yuz bergan birinchi rus inqilobi davrida tashkil topdi.”Taraqqiy” ning adabiyotlardagi
talqini masalasi xususida ham fikr bildirmoqlik m ustaqil mulohazalar uchun foydadan
holi emas.Turkistionda nashr etilgan ilk gazeta “Taraqqiy” haqida shu paytgacha bir
qator tadqiqotlar yaratildi.
“Turkistonda matbuotning na xolda, na darajada o’ldig’ini imkon boricha ko’rsatarmiz”
deb yozgan ilk matbuot tadqiqotchisi Cho’lpondir:”Taraqqiy “–taraqqiyparvar bir gazeta
bo’lib ,muharriri ichki rusiya tatarlaridan Ismoil Obidiy Yo’ldosh edi.Oktyabr
inqilobindan so’ngra bu kishi so’l sotsiolist revolyutsioner firqasi vakili o’laroq dohiliya
qo’misori mansabinda bo’lindi.Ikki oy qadar davom etgandan so’ngra hukumast
tarafidan bekitildi”.
Bu mavzuda,shuningdek Abdulla Avloniyning “Burung’i o’zbek vaqtli matbuptining
tarixi” axborotnomasini ham dalil qilib ko’rsatish mumkin.”Taraqqiy” gazetasi tez
fursatda shunday shuhrat qozondiki,hatto gazeta muharriri bo’lg’on Ismoil Obidiyga
Taraqqiy ismi berildi.Hozirgacha xalq Ismoil Obidiyning ismini Taraqqiy deb
yuritadilar.Bu gazeta elning eng suyub o’qiydirg’on bir gazetasi bo’ladi.Bu gazeta o’sha
zamon musulmon gazetalari ichinda eng so’li bo’lib,hukumat va uning ma’murlarig’a
qarshi hujum uyushtirildi.
Bu gazeta yerlik yosh yozuvchilarg’a sahifalaridan keng o’rin berdi.Istibdod
hukumatining favqulodda saqlash qo’li bilan bu gazeta o’ldirildi.Xalq oziqlanib qolib
uzoq vaqt jimjitlik hukum surdi”.
Gazeta eski usul maktablarida bo’lmagan matematika,tarix,geografiya singari fanlarni
yangi usul maktablarining o’quv dasturiga kiritishni taqib qilar edi.Bu yangilikning
maqsadi,ishlab chiqarish kapitaliga malakali kadrllar tayyorlashdan iborat edi.Gazeta bu
g’oyalarni chor hukumati bilan kelishuvda o’tkazishga harakat qilsada konstitutsion
monarxiyani yoqlab chiqdi.”Taraqqiy” haqida yaratilgan tadqiqot ishlaridan Solix
Qosimovning “Guliston ” jurnalining 1979 yil 9-10-sonlarida e’lon qilingan “Kurash
sahifalari” maqolasidir.Shuningdek,A.Jalolov va H.O’zganboyevlarning “O’zbek
ma’rifatparvarlik adabiyotining taraqqiyotida vaqtli matbuotining o’rni” kitobida va
“O’zbek tili va adabiyoti ” jurnalining 1986 yil 3-sonidagi “Taraqqiy va adabiy hayot”
maqolasida ham “Taraqqiy” gazetasining faoliyati tahlil qilinadi.Bu tadqiqot va
izlanishlarda ham vaqtli matbuotining adabiyot rivojiga qo’shgan hissasi ta’kidlanib
ijtimoiy-siyosiy hayotga matbuotning ta’siri masalalari o’z bahosini olgandir.
“Taraqqiy va adabiy hayot” maqolasida “Turkiston viloyatining gazetida “ “Taraqqiy”
ning ilk soni chiqishi munosabati bilan hukumat nashrn ing unga nisbatan tutgan yo’li
keng yoritilgan.
“Chor hukumati Turkistonda milliy matbuot va adabiyotn ing rivojiga mone’lik
ko’rsatdi,mahalliy shoir va yozuvchilar “O’zbekch abir risola” nashr ettirmoqchi
bo’lsaklar,chorizmning o’lkadagi matbuot taftish ishlari turli bemA’ni bahonalarni
ro’kach qilib,ularni chop qilishga tish-tirnoqlari bilan qarshilik qildilar.Bular haqida
“Taraqqiy” afsus bilan shunday yozadi:”Chunonchi mujsulmoncha bir kichkina risola
bosdurmoqchi bo’lsak,nazoratning qizil qalami bila sahifalar qizil bo’lib,ortuqli,turtuqli
buzulub,qo’limizga qaytur edi”…
Gazetaning yozganlari zamirida katta hayotiy haqiqat bor.
Chor hukumatining Turkistondagi ma’murlari “Hur fikr sharpasi” sezilgan har bir asarni
chop ettirishga qarshilik ko’rsatar edilar.
”Taraqqiy” gazetasi chorizmning Turkiston mehnatkashlari o’rtasida “Haqlig”
tarqamasul deb”,”Har qanday milliy vaqtli matbuotning nashr ettirishiga katta qarshilik
qilib kelganini qo’rqmay fosh qiladi:”Musulmonlar ichina haqlig’ tarqalmasun” deb
gazeta va jurnallar nashr etmakka hech fursat berilmas erdi.”
“Taraqqiy” chon rhukumatining Turkiston xalqlarini jaholat va qorong’ulikda saqlashga
intilib,mahalliy xalq tiliga bironta kunnoma va badiiy asar nashr etishga fursat
bermaganligini ro’y-ros yozish bilan birga uning tup sabablartini ham aytib o’tadi.
Chunki vaqtli matbuot jahon ko’zgusidir.Mamlakatda bo’layotgan har bir voqea ozmi-
ko’pmi, albatta vaqtli matbuotda aks etar edi.
”Taraqqiy” chop etila boshlagandan buyon birinchi kundan to yopib qo’yilgunga qadar
haqiqiy ma’noda taraqqiyparvar gazeta bo’ldi.U mahalliy xalq manfaati yo’lida faoliyat
ko’rsatgan milliy gazeta edi.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga ko’ra
“Taraqqiy” gazetasi tashkil topgan sana-27 iyun “Matbuot va ommaviy axborot
vositalari xodimlari kuni”deb e’lon qilindi.
“Taraqqiy”ning ilk soni 14-iyun,yangi hisob bilan 27-iyun kuni chiqqan. 20 soniga
yetganda musodara qilinib,nshr etish to’xtatilgan.Uning ikki oy-u bir hafta chiqqanligi
haqida ma’lumot bor.Gazetaning mavjud sonlari:1-soni 14 iyun,3-soni 22 iuyn,9-soni 16
iyul,10-soni 20 iyul,16-soni 9 avgust,17-soni 12 avgustda chiqqanligi nazarda
tutilsa,darhaqiqat gazeta 20 avgustga qadar yana ikki oy-u bir hafta nashr qilinganligini
tasdiqlash mumkin.
”Taraqqiy”da bosilgan maqola va xabarlarning mazmuni asosan ilg’or g’oyalarni
tarqatish,dini
islomning
mustamkachilik tomonidan kamsitilayotganiga qarshi
kurashish,milliy mustaqillikka erishish yo’llarini izlashdan iborat.
1923-yildan Behbudiy matbuot ishlari bilan shug’ullanadi.Apreldan “Samarqand”
gazetasini chiqara boshlaydi.Gazeta turkiy va forsiy tillarda,xaftada ikki marta,dastlab
ikki,so’ng to’rt sahifada chop etilgan.45 ta sonidan keyin moddiy tanqislik tufayli
chiqishi to’xtagan.O’sha yilning 20 avgustidan u “Oyna’ jurnalini chiqara boshlaydi.Bu
suratli haftalik majalla asosan o’zbek tilida bo’lib,unda ixcham forsiy
she’rlar,maqolalar,ruscha e’lonlar ham berilib borilardi…”Boshda haftada bir marta va
ikkinchi yildan e’tiboran 15 kunda bir qatla chiqib,yigirma oy chamasidavom
qildi…Kafkaaz,tataiston,Eron,Afg’oniston,Hindiston
va
Turkiyagacha
tarqalar
edi…jadidlarning
sevikli
jurnallari
edi.Shuning
uchun
ular
tomonidan
hurmatlanadi,sevilib o’qildi”,deb yozgan edi Ziyo Said.Jurnal redaksiyasi muharrirning
Yangi shahardagi uyida (Reshetnikov 3;hozir Mirsaid baraka,1,aloqa xodimlari kasaba
uyushmalarining viloyat tashkiloti binosi) joylashgan.
Behbudiy shu yillari nashr ishlari bilan qizg’in shug’ullandi.”nashriyoti Behbudiya”
nomi bilan o’z xususiy nashriyotini ochdi.Fitratning “Bayonoti sayyohi hindi” asarini
1913 yilda ruschaga tarjima qildirib,nashr etdi.Turkiston xaritasini tuzib bosmadan
chiqardi,kutubxonani yo’lga qo’ydi.O’sha davr vaqtli matbuotida “Behbudiy
kutubxonasi” haqidagi xabarlarga tez-tez duch kelamiz.
1914-yilning 29-mayida Behbudiy ikkinchi bor arab mamlakatlartiga sayohatga
otlanadi.
Muallif sayohati arafasidagi kayfiyatini shunday ifodalaydi:”7 sanadan beri ikki daf’a
Buxoro va bir daf’a Farg’onani ziyoratidan boshqa safarga chiqqanim yo’q
edi.Azbaski,tiriklik kasalig’a mubtalolik,ro’zg’or qaydig’a giriftorlik sayohat
ne’matidan
mahrum
etar.Yetti
yillik
xonashinlik,dilgarlik
tarafdan
aloyiqi
ro’zg’or,tijorat va 7-8 risolalar tahrir va nashri,dorulqazo ishlari,xususan,bir sanadan beri
sobiq “Samarqand” jaridasi va hozirgi “Oyna ” irodasining ishlari ruhan va jisman zaif
etdi.A’zou havoslarg’a kasolat ”paydo bo’ldi.Singir (asab) …g’ayri muntazam
ishlaydur.Atibbo istirohat va sayohatg’a mashvarat berarlar.tabiat u qadar noqobil va
buzuqki,sayohatdan ham nafrat etar,istamaz.
Shunga qaramasdan,safarga chiqmasa bo’lmaydi.Avvalo9,”Kutubxonayi Behbudiya”
uchunn
Istanbul,Misr,Qrim,Kavkaz,Qozon,Rusiya
va
xorijlarning
manzaralari,imoratlari,kishilarning suratlari,turli-tuman qolip (klishe)lar va yana boshqa
judako’p
narsalar
kerak.Xullas,bormasa
bo’lmaydi.Mashrut:Kavkaz,Qrim,Istanbul,Yunoniston,bayrut,Misr Qohirasi va yanas
orqaga- Istanbulga qaytib,temir yo’l bilan Bulg’oriston,Avstriya va Berlin orqali
Rusiyaga,undan Turkistonga kelish.Muddati iki oy.Birinchi iyunga qolmay yo’lga
tushish kerak.Behbudiy Peterburgda bo’ladigan Milliy majlis maslahatiga taklif qilingan
edi.Savollarga
javobini
yozib
yuboradi,uzrini
aytadi.Xullas,29-mayda
yo’lga
tushadi.Poyezdga o’tirib Bayramali prqqali Ashg’abotga o’tadi.Krasnavodskdan
poroxod
bilan
Bokuga
boradi.2-iyunda
Mineralniye
Vodi-Kislovodsk-
Pyatigorsk,Jeleznovodsk-Rostov-Odessani kezib,8 iyunda Istanbulga kirib keladi.Undan
Adirnafga sayohat qiladi.Yana Istanbulga qaytib,21 iyunda suv yo’li bilan Quddusga
yo’l oladi.Bayrut,Yofa,Xalil ar-Raxmon,Port Said,Shom shaharlarin I tomosha
qiladi.sayohat iyulning boshlarida ham davom etadi…
Sayohat xotiralari har jihatdan g’oyat muhim bo’lib,Behbudiy ularni o’z jurnali “Oyna”
ning 1914 yil sonlarida mazkur nom ostida peshma-pesh berib boradi(hozircha 18 sonda
uchratdik).
Dostları ilə paylaş: |