Behbudiy Samarqand viloyat harbiy gubernatorga yozgan arzida jurnalni 3 – rus,o’zbek
va tojik tillarida chiqarishga izn so’ragan.
”Oyina” ning ilk soni 1913 yil 20 avgust kuni “Samarqansd”gazetasining 37 soni bilan
barobar chop etilgan.Bu haqda Samarqandda “Arzi tuhfa”
sarlavhasi ostida shunday
so’zlarni o’qish mumkin:
“Samarqand” jadidasining barcha mushtariylarig’a iydi said munosabati-la ushbu raqam
ila “Oyina” tajallasi “Samarqand” idorasi tarafidan ojizona tuhfa yuborildi.Qabuli
marjudir”.
“Oyina” ning chiqqan sonlari haqida eng birinchi ma’lumotni Sadriddin Ayniy
yozganligi uchun undan Iqtibos keltiramiz:”Oyina majallisining bir necha raqami 1333
yil shovvol oyinda (1913 avgust) chiqib,1333 yil shobon 15 ig’acha davom
qilg’on(1915 yil 15 iyun).Bu muddatda 68-raqamda 1720 sahifalik “Oyina”
chiqqon.Ziyo Saidda ham huddi shunday ma’lumotlar bor.
“Oyina” haqwiqatdan o’z nomiga yarasha ish olib bordi.Bo’lib o’tgan va sodir
bo’layotgan,shunin gdek kutilayotgan voqea – hodisalarga o’z
fikrini doim bildirib
turdi.Muharrir jurnalga maqola yozishlarini millat ziyolilaridan so’rab turdi.Nashr
tahlamlarini ko’zdan kechirar ekanmiz,unda bir talay mualliflar qatnashganligini
ko’ramiz.Xususan,Abdurauf Fitrat,Siddiqiy,Hoji Min,Akobir Shomansur,Muhammad
Said,Saidrizo
Alizoda,Said
Ahmad
Vasliy,Tavallo,Sadriddin
Ayniy,Hakim
Buxoriy,Niyoziy,Rajabzodalar qalamiga
mansub qator maqolalar,she;rlar “Oyina” ning
ommalashuviga sabab bo’lgan.BUnda Behbudiyning ham eng sara maqolalari chop
etilgan:”Ikki emas to’rt til lozim”(1-son),”Mayda qarz,mulki kredit” (1-son),”Tutun
tamoku”(1-2- son),”Millatni kim isloh etadi”()12-son(,”Yoshlarga murojaat”(21
son),”Sart
so’zi
majhuldir”(22,23,25,26-sonlar)”Teatr
nadur?”(29
son),”Tanqid
saralamoqdur”(31-son),”Ismoilbek hazratlari ila suhbat (49-son) kabi tahlilli
maqolalari,tarix va geografiyaga oid “Sherdor madrasasi” (1-son)”Ul;ug’bek
rasadxonasi”(3-4-5-6-7-8-9-sonlar),”Tarix va jug’rofiya”(27-28 sonlar) kabi maqolalar
shular jumlasidandir.
“Ouina” da adabiy tanqid ham salmoqli o’rin tutadi.Jurnalning
bu boradagi ahamiyati
yana shundaki,Alisher Navoiydan keyingi bir necha asrlik sukunatdan so’ng bu
sohaning xos xususiyatlarini tayin etib adabiyotda uning teng huquqligi masalasini
o’rtaga qo’ydi.
Jurnalning 1914 yil 27 sonida uning muharriri Behbudiyning “Tandiq-saralamoqdur”
deb nomlangan maqolasi chop etiladi.
“Oyina” jurnali ham o’ziga xos milliy xususiyatlarga ega,uning
birinchi sonidan
boshlangan turkiston tarixiga, bobolar qoldirgan me’roslarga e’tibor uning oxirgi
sonlarigacha sezilib turadi.Masalan,uning birinchi sonining birinchi sashifasida Sherdor
madrasasining viqorli surati,”Turkiston” sarlavhali bosh maqola va undan so’ng Sherdor
madrasasining tarixi yozilgan.Ikkinchi sonida “Ulug’bek rasadxonasi” haqida muharrir
maqolasi
bosilgan.Shunga
o’xshash
maqolalar
davomiy
qilib
berilganki,bu
mushtariyning o’z millati,bobolariga nisbatan mehri uyg’onishiga,faxrlanishiga
kimlarning avlodi ekanligini anglashiga sabab bo’lgan.Behbudiy
jurnalidagi bu ohang
davlatimiz mustaqillikka erishgach,bizning jurnallarimuizga ham ko’chdi.
Mahmudxo’ja Behbudiy o’zbek matbuotida jurnalchilikka asos solgan muharrir
hamdir.”Oyina” uning jurnali milliy uyg’onish jarchisi sifatida maydonga chiqdi.
Quyida Tavalloning Samarqandda chiqqan “Oyina” majallisi haqqinda she’rini
keltiramiz:
Ko’rguz yoshurma yuzda g’ubor,ko’zgu,
Har kim umid bilan sanga boqar,ko’zgu.
Qildi tamom millat jomi din ila rag’bat,
Doim tilar bu niyat top e’tibor,ko’zgu.
Topding bu kun mahorat bid’atni ayla g’orat,
Biz aylaylik ziyorat,shayxi g’ubor ko’zgu.
Bir ism sanga mir’ot,ouina o’ldi bir ot,
Dunyoda ko’rma ofat,ey obdor ko’zgu.
Ruslarcha “зеркало” san bir cheti namosan,
Cho’x sohibi jilosan,bo’l noydor ko’zgu.
Behbudiy o’ldi qodir nashri uchun muboshir.
Har kim qo’la tutubdir o’zni ko’rara ko’zgu.