Microsoft Word Allambergenova M


“Al -isloh” jurnali (1995 yil 14 yanvar 1918 yil mart)



Yüklə 268,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix09.05.2023
ölçüsü268,38 Kb.
#110290
1   2   3   4   5   6
allamberganova muqaddas.milliy uygonish davri ozbek adabiyoti

“Al -isloh” jurnali (1995 yil 14 yanvar 1918 yil mart) 
“Al-isloh” – jurnali jadidchilik harakatining ilg’or fikrli ulamolarga yaqin o’ng qanoti 
vakillari tomonidan chop etildi.”Al-isloh” da diniy islohatchilik masalalari:Abdurahim 
Sayyoh,Vasliy,Olimjon To’ra,Sadriddin A’lam,Hamza Hakimzoda,Fazlulvahobqori va 
boshqalardir. 
Ushbu 
jurnal 
jadidlar 
dunyoqarashiga 
yaqin 
materiallar 
berib 
bordi.Unda 
Sayyoh,Sadriddinxon,Hamza,Muftiyzodalar faol ishtirok etishdi.1918 yilda 5-soni 
chiqib,so’ngra to’xtadi. 
1917 yil fevral oyida burjua-demokratik revolyutsiyasi yuz bergan kunlarda Hamzaning 
nomi bilan bog’liq “Kengash” va “Hurriyat” nomli jurnallar paydo bo’ldi.Qo’qonlik 
mualliflar ushbu jurnalda xat-xabarlar bilan ishtirok etishgan.Qo’qonda nashr qilingan 
ushbu jurnalning 6 soni mavjud. 
Biroq 
ma’rifatparvarlarning 
bu 
nashrlardagi 
ishtiroki 
ham 
qisqa 
bo’ldi.Chunonchi,Hamza:”Burjua hukumatining “Hurriyat” kalomi,so’z matbuot va ijod 
erkinligi haqidagi safsatalari quruq gap ekanligini tushundi va u hukumatni “yangidan 
bo’lgan istibdod” deb atadi”. 
1917 yil oktabr to’ntarishidan so’ng yurtimiz madaniy hayotida savodsizlikni 
tugatish,xotin-qizlar ozodligi,yangi alifboga o’tish,yangi kishilarni tarbiyalash 
masalalari 
maxsus 
nashr 
etilgan 
jurnallar 
faoliyati 
bilan 
uzviy 
ravishda 
bog’liqdir.Ba’zan bu masalalarning barchasini amalgam oshirishda o’lkamizda chiqqan 
jurnallar Rossiyadagi markaziy rus jurnallariga taqlid qilib,katta ma’naviy xatolikka yo’l 
qo’yganliklarining guvohi bo’lasiz.Ayniqsa bu o’rinda “Xudosizlar” jurnali markaziy 
“Ateist” va “Antireligioznik” kabi faoliyat ko’rsatganligi ish ko’rganligi achinarli holdir.
Ma’rifatparvarlarning matbuot organlari “Al-isloh” va “Al-izoh” 1918 yilning bahorida 
barham topdi.1917 yil oktyabr to’ntarishidan so’ng yagona partiya g’oyasiga itoat
etuvchi va shu g’oyani Turkistonda targ’ib va tashviq etuvchi matbuot nashrlari paydo 
bo’ldi.”Inqilob”,”Yangi yo’l”,”Yer yuzi”,”Alanga”,”Maorif va o’qitg’uvchi”,”Bilim 
o’chog’i” kabi adabiy-badiiy jurnallar shu tarzda yuzaga keldi.Bu jurnallar ma’lum 


ma’noda o’z milliy adabiyotimiz rivojiga,madaniyatimizga xizmat qilishdan ko’ra 74 yil 
kommunistik mafkura g’oyalariga sadoqat bilan xizmat qildi. 
Jurnallarda 
ko’zga 
ko’ringan 
davlat 
arboblari 
Akmal 
Ikromov,Yo’ldosh 
Ohunboboyev,Fayzulla Xo’jayevlarning maqolalari bosilib turdi.Tahrir hay’ati a’zolari 
va faol muhbirlari esa Shokir Sulaymonov,Abdulla Avloniy,Javod Hoshimiy,Manzura 
Sobirova,Hamida Tojiyeva,Maryam Sariqulova,Tojixon Shodiyeva,Fotima Niyozova va 
boshqalardan iborat edi. 
Xullas oktyabr to’ntarishigacha Turkiston mahalliy aholisi orasida tabiiy bir necha 
oqimlar mavjud bo’ldi.Biri – taraqqiyparvar yoshlar,ikkinchisi-eski dunyo tarafdorlari 
edi.Bu ikki oqimning birinchisi siyosiy bir maslakka ega bo’lmasada,kelgusida 
islohotlar ro’y berishiga ko’zi yetardi.Shu boisdan ham ular ilm ko’zini ochib turli ilmiy 
madaniy,ma’naviy-ma’rifiy yo’llar bilan kelajak uchun zamin hozirlashar edi.Bu borada 
ayniqsa vaqtli matbuotning,xususan ilg’or fikrli gazetalar ijtimoiy-siyosiy,adabiy,badiiy 
jurnallarning o’rni va roli beqiyos bo’lganligini alohida ta’kidlash mumkin. 
Demak chorizm bosqini davrida “Русский Туркестан”kabi gazeta va jurnallar 
sahifalarida (o’lkada chiqqan gazetaning nomigina emas,balki,Turkiston yeri kimga 
qarashli ekanligini ham bildiradi).Turkistonliklarning ongiga itoatgo’ylik bilan oq 
podshoga bo’ysundirish g’oyalari singdirilgan. 
Ziyo Said fevral inqilobidan so’ng chiqqan jurnallarga davr nuqtai nazaridan shunday 
baho beradi: 
“Kengash”.Ikki haftada bir marta chiqadigan jurnal.1917 yil mart oxirlarida Qo’qonda 
chiqa boshladi.O’zidagi aniq tarixi:”1335 yil 15 jumodiulavval” deyilgan.Bolalarning 
daftari o’lchivida 8 bet,toshbosmada chiqar edi. 
Muharriri:Hamza Hakimzoda Niyoziy.Noshiri:Qo’qon muallimlaridan bir nechtasi.Ikki-
uch sondan keyin muharriri ham noshiri Rahimjon hoji Tursun Muhammad o’g’li bo’ldi. 
Bu jurnal:til va yo’l-yo’riq to’g’risida hech narsa bera olmadi,besh-olti son chiqib 
yotdi.400 dona bosilar edi. 
“Xurriyat”.Yuqorida aytilgan kengashning ikkinchi nusxasi.1917 yil avgust oylaridan 
chiqa boshladi.Muharriri va noshiri Mahmudxo’ja Rizoiy.4-soncha chiqib yotib qoldi. 


Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak,yuqorida aytib o’tganimizdek Turkiston ma’ripatchi 
jadidchi 
adiblarimiz 
o’z 
faoliyati 
davomida 
matbuot 
ishlari 
bilan 
ham 
shug’ullanib,ozmi-ko’pmi xalqqa ilm-ma’rifat yetkazishda o’zlarining hissasini 
qo’shganliklarini alohida e’tirof etib o’tdik. 
Bu davr ilg’or publisistlarining asosiy xususiyati milliy ongni uyg’otishga 
chorlashda,buning uchun hayotdagi barcha masalalarni ishga solishga da’vat etishda,el-
yurtni,sarmoyadorlarni,hatto diniy arboblarni bir jon,bir tan bo’lib millat ravnaqi yo’lida 
birlashishga xizmat qilishga chaqirishga,va maqsadga e’tiborsiz qaraganlarni keskin 
talqin qilishda ko’rindi.Bu niyatni Fitrat 1917 yilning iyunida yozgan “Ittifoq etaylik” 
maqolasida quyidagicha muxtasar ifodalaydi:”…Qo’lni-qo’lga beraylik,haq yo’linda,din 
yo’linda,vatan yo’linda,millat yo’linda jadidimiz,qadimimiz,mullamiz,boyimiz va 
avomimiz bir yerga to’planaylik,bir-birimizga ko’makchi va madadkor bo’laylik”. 
Bu fikrlar mustaqilligimizni mustahkamlash uchun hozirgi kunda ham bizga hamohang 
bo’la oladi. 
Qaysi gazeta yoki jurnalda qanday mazmun va maqsad,qanday g’oya va ibrat haqida 
maqola yozilmasin,vatan,millat haqida bo’ladimi,ma’rifatparvarlik va taraqqiyotga oid 
bo’ladimi,milliy ozodlik harakati yoxud inqilobiy kurashga bag’ishlanadimi,birinchi 
jahon urushi yoki mardikorlik voqealariga doir bo’ladimi-bu asarlar zamirini,mohiyat 
e’tibori bilan xalqni uyg’otish yangicha fikrlashga chorlash,jur’at va fidokorlikka targ’ib 
etish 
tashkil 
qildi.Yuqorida 
ko’rib 
o’tganimizdek 
bu 
jarayonda 
Behbudiy,Fitrat,Avloniy,Cho’lpon,Mirmuhsin 
Shermuhammedov 
kabi 
xalqning 
ma’rifatli adiblari o’zlarining sa’y harakatlari bilan ommani ma’rifatli qilishga 
urinishdi.Bu davrda o’zbek publisistikasining shakllanish davri bvoshlandi va bu 
publisistika ilk qadamlari bilanoq millatparvarlik manfaatlari yo’lida jonbozlik ko’rsatdi 
va bu kelajak avlodga katta adabiy me’ros sifatida bugungi kun matbuotchiligiga ham 
zamin bo’ldi. 
Yakuniy xulosa shuki,Turkiston vaqtli matbuot tarixi vatanimizning yaqin o’tmishidagi 
ma’rifat va jaholat,ozodlik va yovuzlik,jaholat va qabohat kurashlari tarixi ko’zgusidir.U 
O’zbekiston yangi tarixining uzviy sahifasi bo’lib qoldi.


Foydalanilga adabiyotlar ro’yxati: 
1. Begali Qosimov,Sharif Yusupov,Ulug’bek Dolimov,Shuhrat 
Rizayev,Sunnat Ahmedov “Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti” 
Toshkent.Ma’naviyat 2009 y. 
2. Begali Qosimov “O’zbek adabiyoti va adabiy aloqalari tarixi” Toshkent 
2008 y. 
3.”Turkiston matbuoti tarixi” (1870-1917 yillar). Tuzuvchi:Nazira 
Abdumajidovna Abduazizova.”Akademiya”nashriyoti.Toshkent 2010 y. 
4.Begali Qosimov “Milliy uyg’onish” Toshkent.Ma’naviyat. 2002 y. 

Yüklə 268,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin