“Samarqand” gazetasi
“Samarqand ” gazetasi Samarqand taraqqiyparvar ma’rifatchilarning to’ng’ich gazetasi
bo’lib, u 1913 yil aprel oyida Mahmudxo’ja Behbudiyning mas’ul muharrirligi ostida
chiqa boshlagan. Tepasida:”Mahalliy,turkiy va forsiy o’rta shevada ilm-fan adabiy
tijorat,hunar va ziroatning,Rusiya ahvoli va madanioyati xorijiy mamlakatlari holidan va
olami islom tirikligidan yozuvchi madaniyat musavvir tasviriy sur’atli jadidadir”
.deyilgan( Ziyo Said axborotiga ko’ra).
Gazeta haftada ikki marta ikki sahifada chiqqan,Shuningdek u 400-600 nusxadan iborat
bo’lgan.Tili sof o’zbekcha bo’lmagan,har bir sonida tojikcha she’r va maqolalar ham
bosilib turgan.
Biroq “samarqand” gazetasi moddiy tomondan qiynalib 45 sonida to’xtashga majbur
bo’lgan.Mirzohid Mirvohidov (Qo’qondan),Akobir Shomansurov (Samarqanddan),ikki
yuz mushtariy besh so’m iona to’plab,yana nashr qildirishni so’rab muharrirga
telegramma bergan bo’lsalar ham gazetani qayta nashr etish mumkin bo’lmagan.
Gazetaga Saidrizo,Hoji Muin,Rojiy,Siddiqiy,Nurmuhammad bek o’g’li,Nusratullo
Milliy,Mulla IBrohim Saidkamol o’g’li va boshqalar yozib turganlar.
“Samarqand” gazetasining bosilish jarayonida unga ikki marta ruxsat olingan
bo’lib,birinchisi 1913 yil 10 aprelda beriladi va shundan so’ng gazeta chiqa boshlaydi.
Shu bilan birga Behbudiy negadir 1913 yil 23 may kuni Samarqand viloyati harbiy
gubernatoridan “Yangi Samarqand” (“Samarqandi nav”-“Noviye Samarqand”) nomli
gazeta chiqarishga ruxsat berishini so’rab yana ariza beradi.
”Samarqand” uch tilda “o’zbekcha,ruscha va forscha” chiqib turgan.Bu haqda Behbudiy
gazetaning 36 sonida bosilgan “Na uchun iltifot etmaydurlar?” maqolasida shunday
yozadi.
“Samarqand ” jaridiyasi o’zbek,forsiy,rus tillarida va Turkistonning o’rta shevasinda
ta’sis etilib edi.Bundan maqsad shu ediki,Rusiya kulturi ilmi,hunari va sanoatig’a oshno
bo’lishlariga ojizona tashviq etmoqdin iboratdir.Maktab bo’lsun,madrasa bo’lsun,isloh
va taraqqiyotg’a yordam uchun xalqni da’vat qilmoq edi.Fasid urf va botil
rasmlarini,yomon odatlarni sha’rann islohiga qo’shish etmoq edi.
Behbudiy “Samarqand” da butun Turkiston ziyolilari faol ishtirok etishni so’radi va
gazetaning ilk sonida yozuvchilarga murojaat qildiki,bu murojaat uning oxirgi
sonigacha birinchi sahifasidan tushmadi:”Islomiyaning saodati va salohiyatiga
musulmonlarni madaniyat va fgununi zamonadan nafratlanmoqlari uchun yozuilgan
mahalliy turkiy va forsiy tillarda maqola va ash’or qabul bo’lib,ammo jaridaga yozilishi
idora ixtiyoridadur”.
Bu murojaat gazetaning deyarli har soniga qaramasdan,joylarda maqola va xabarlar
ko’p kelmaydi.Bundan Behbudiy nola chekadi va kuyinib “Na uchun ittifot
etmaydurlar?” degan maqola yozadi.
”Samarqand” gazetasining yopilishi haqida Abdulla Avloniy “Mushtariysizlik,moddiy
tanglik orqasida to’xtatildi”,desa S.Ayniy komissiya xulosasida (Behbudiy yo’qolganiga
bir yil bo’lganidan keyin unga a’za ochish uchun tuzilgan komissiya ):”45nchi raqam
chiqqanidan
keyin
oning
o’rniga
“Oyina”
majallisini
chiqarish
maslahat
ko’rilib,to’xtatildi”.
Shunday qilib,”Samarqand” gazetasi o’rniga 1913 yil 20 avgustdan “Oyina” nashr etila
boshlangan.
Dostları ilə paylaş: |