Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/100
tarix20.11.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#162205
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   100
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish (2)

Oshkoralik tamoyili 
- har bir audit aniq rejalashtiriladi, 
tekshirish vaqtida xodimlar o ‘z o ‘rnilarida b o ‘lmasliklari yoki talab 
qilinadigan m a’lumotlarni berishdan bosh tortishlarining oldini olish 
maqsadida audit o ‘tkazish vaqti va davomiyligi to ‘g ‘risida audit 
o ‘tkaziladigan b o ‘linma (mas’ul shaxs) oldindan ogohlantiriladi.
5) 
Doimiylik tamoyili 
- SMT barcha elementlari va barcha 
bo‘linmalar korxona rahbariyati tomonidan tahlil va baholash 
predmeti b o ‘lishini ta ’minlash maqsadida auditlar davriylik bilan 
o ‘tkaziladi. Auditlar oralig‘ini, tekshirilayotgan jarayonlarning 
maqomi va muhimligini aw alg i auditlar natijalarini hisobga olgan 
holda tashkilotning o ‘zi belgilaydi.
6. Audit dasturini boshqarish
Audit dasturi aniq muddatlarga rejalashtirilgan bir yoki bir 
necha auditlarni o ‘z ichiga olishi mumkin. Biroq, audit dasturi 
auditlarning yillik grafigidan iborat emas, balki unda auditlarni 
rejalashtirish va tashkil qilish, shuningdek ulami 
belgilangan
m uddatlarda natijali va sam arali bajarilishini uchun yetarli
darajada resurslar bilan ta ’minlanishi talab etiladi.
Audit dasturida:
• 
audit maqsadlari va hajmi;
• 
audit dasturi b o ‘yicha umumiy va alohida auditlar bo‘yicha 
javobgarlik;
• 
auditni o ‘tkazish jarayonlari ko‘rsatiladi.
Tashkilot rahbariyati, 
audit dasturini boshqarish uchun
javobgar shaxslarni 
tayinlashi va ularga audit dasturini belgilash, 
zarur resurslar bilan ta ’minlash, dasturni joriy qilish, monitoring 
o ‘tkazish, tahlil qilish va yaxshilash uchun yetarli vakolatlar berishi 
kerak.
Audit dasturini boshqarishni amalga oshiruvchi shaxslar
67


javobgarliklari:
• audit dasturi maqsadlari va hajmlarini, shuningdek auditni 
o ‘tkazish protseduralarini aniqlash;
• auditlarni o‘tkazishdagi m as’ul mutaxassislarni (auditorlik 
guruhi rahbari, auditorlar, stajyorlar va texnikaviy ekspertlar) 
aniqlash;
• audit dasturini rejalashtirish, joriy qilish, monitoringini 
o ‘tkazish va yaxshilash uchun zarur resurslar bilan ta ’minlash;
• audit dasturi bajarilishini ta ’minlash va audit dasturi bo‘yicha 
tegishli yozuvlarni olib borish;
• audit dasturi monitoringi o ‘tkazish, tahlili va yaxshilash.
Yirik tashkilotlarda sifat tizimini ishlab chiqish va joriy qilish
bosqichida ichki audit xizmatini tashkil qilishni ko‘zda tutish 
maqsadga muvofiqdir.
Ichki audit xizmati amaliy ish tajribasiga ega va maxsus 
o ‘qishdan o ‘tgan mutaxassislar bilan ta’minlanishi kerak.
Bunda ushbu xizmat xodimlarining funksiyalari, javobgarligi 
va vakolatlari ichki audit bo‘yicha protsedura va lavozim 
y o ‘riqnomalarida belgilanadi.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin