b)
har bir etapga to‘g ‘ri keladigan natijalarni tahlil qilish,
verifikatlash (tekshirish) va validatlash (tasdiqlash) shakl va
usullarini;
v) loyihalash va ishlab chiqishni o‘tkazish bo‘yicha javobgarlik
va vakolatlarni aniqlashi kerak.
Loyihalash va ishlab chiqishda qatnashayotgan
turli guruhlar
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlami boshqarish, ular orasidagi aloqa
samaradorligini va javobgarlikni aniq taqsimlashni ta’minlaydigan
tarzda amalga oshirish kerak.
Rejalashtirish natijalari, zarur bo‘lganda, loyihalash va ishlab
chiqish jarayonida aniqlanishi kerak.
Izoh: Loyihalashtirish va ishlab
chiqishning tahlili, verifikatlash
va validatlash o‘ziga xos maqsadlarga ega. Ular mahsulot yoki
tashkilotga bog‘liq holda alohida yoki istalgan birlashmada
o‘tkazilishi va ro‘yxatga olinishi kerak.
Mahsulotni loyihalash va ishlab chiqish bo‘yicha faoliyat ishlab
chiqarilayotgan mahsulotning sifatiga, uning o‘rnatilgan talablarga
muvofiqligiga va,
oxir - oqibat, iste’molchini qanoatlantirishga
sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Mahsulotni loyihalash bo‘yicha ishlarning asosiy maqsadi
bo‘lib yangi mahsulotni yaratish yoki ishlab chiqarilayotganlarini
takomillashtirish hisoblanadi.
Loyihalash bo‘yicha ishlarni rejalashtirishda tashkilot aniq
mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan loyihalash
bosqichlari va etaplarini belgilashi kerak. Loyihalash bosqichlari va
etaplari
ishlab
chiqarilayotgan
mahsulotning
o‘ziga
xos
xususiyatlari, murakkabligi vayangiligi darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Mahsulot ishlab chiqish rejasi loyihalash bosqichlari va
etaplarini, har bir bosqich uchun javobgarlarni va har bir etapni
bajarilish kalendar muddatlarini o‘z ichiga olishi kerak.
Loyihalashda ishtirok etayotgan turli guruhlarning o‘zaro
munosabatlarini rejalashtirishda barcha etaplardagi ishtirokchilarni
belgilash zarur.
Tashkilot loyihalash va ishlab chiqishning
har bir bosqichiga
muvofiq bo‘lgan faoliyat tahlili, tekshirilishi va tasdiqlanishini
ta’minlashi kerak.
112
Mahsulot ishlab chiqish bo‘yicha reja, loyihalash bosqichlari
bajarilishida, ishlab chiqish natij alarining tahlili va tekshirilishi
zaruriyatini hisobga olishi kerak.
Dostları ilə paylaş: