Mahsulotning texnikaviy darajasini baholash bosqichlari o‘z
ichiga quyidagilarni oladi:
A.
Baholash
uchun
zarur
bo‘lgan
ko‘rsatkichlar
nomenklaturasini aniqlash:
Ko‘rsatkichlar
nomenklaturasi
bir
turdagi
mahsulot
namunalarini, ya’ni bir xil nomdagi va bir xil maqsadda
foydalanilaniladigan
mahsulot
namunalarini
taqqoslashni
ta’minlashi zarur. Boshqacha aytganda, ko‘rsatkichlar nomenklatu
rasini ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda baholash maqsadlaridan
kelib chiqib o‘rnatiladi.
Ko‘rsatkichlar nomenklaturasi klassifikatsion va baholash
ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi. Klassifikatsion ko‘rsatkichlar
ushbu tur mahsulotining ishlatilish maqsadlari va qo‘llanish sohasini
tavsiflaydi. Bu ko‘rsatkichlarning miqdoriga qarab jahon bozoridagi
namunalar baholanayotgan mahsulot analoglari guruhiga kiritiladi.
Baholanayotgan va bazis namunalarining keyingi taqqoslashlarda
ulardan
foydalanilmaydi,
chunki
ular
mahsulot
sifatini
tavsiflamaydilar. Bularga mahsulotning ishlatilish maqsadlarini yoki
qo‘shimcha moslamalaming, parametrlarning va boshqalarning
mavjudligini aniqlovchi sifat ko‘rsatkichlari kiradi.
Dostları ilə paylaş: