• baholanayotgan mahsulot ko‘rsatkichlarining juda bo‘lmasa
bittasi bo‘yicha bazis namunadan ustun bo‘lsa va qolgan
ko‘rsatkichlar bo‘yicha bazis namunadan qolishmasa,
bunday
mahsulot bazis namunadan ustun bo‘ladi;
• baholanayotgan mahsulot barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha
bazis namunaga mos kelsa, u bazis namunaga teng qiymatli
hisoblanadi.
Agar baholanayotgan mahsulot ba’zi ko‘rsatkichlar bo‘yicha
bazis namunadan ustun bo‘lsa, boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha esa
bazis
namunaga javob bermasa, taqqoslash natijasi aniqmas
hisoblanadi.
Mahsulotning texnikaviy
darajasini
baholashning ushbu
bosqichlarini amalga oshirish yakuniga ko‘ra mahsulot yuqoridagi 3
ta guruhdan qaysi biriga kiritish mumkinligi to‘g‘risida xulosa
chiqariladi.
Baholanayotgan mahsulotning analoglari bo‘lmagan hollarda,
agar mahsulot avtorlik guvohnomalari
yoki patentlari bilan
himoyalangan yangi texnik yechimlar bilan tavsiflansa, u jahon
darajasiga javob beradigan hisoblanadi.
Ishning yakunida qo‘yilgan maqsadlar
va olingan natijalarga
bog‘liq holda mahsulot ishlab chiqarishga qo‘yish, ishlab chiqarish
va takomillashtirish to‘g ‘risida qaror qabul qilish uchun taklif va
mulo‘azalar tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: