-
ishlab
chiqarilayotgan
mahsulotni
baholashda
-
ko‘rsatkichlarining qiymati ularning hujjatlari yoki sinov natijalari
asosida o‘rnatilgan, jahon bozorida sotilayotgan namunalar.
V. Analoglar guruhidan bazis namunalami ajratish:
Bazis
namuna sifatida baholanayotgan ko‘rsatkichlar qiymati bo‘yicha
barcha analoglarni ketma-ket jufti bilan taqqoslash usuli bilan
analoglar guruhidan bazis namuna sifatida eng yaxshilari ajratib
olinadi.
Bazis namunalarni analoglarni jufti bilan taqqoslash usulida
ajratish quyidagi amalga oshiriladi:
• agar analog jami baholovchi ko‘rsatkichlar bo‘yicha boshqa
analoglardan qolishmasa, ya’ni birorta ham ko‘rsatkich bo‘yicha
boshqa analogdan qolishmay, boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha ustun
bo‘lmasa, u namuna sifatida tan olinmaydi va keyingi taqqoslash
ishlarida ishtirok etmaydi;
• agar birinchi analog ba’zi ko‘rsatkichlari bo‘yicha ustun
bo‘lsa, boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha esa ikkinchi analog ustun
bo‘lsa, bunda analoglarning ba’zi ko‘rsatkichlarining qiymati bir-
biriga mos kelsa, ikkala analog ham boshqa analoglar bilan keyingi
taqqoslash ishlarini bajarish uchun qoldiriladi.
Analoglarni jufti bilan taqqoslash natijasida har bir baholovchi
ko‘rsatkichlar to‘plamida qolganlardan ustun bo‘lgan analoglargina
qoladi. Bu analoglar bazis namunalari hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: