Muomala va sotish - mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxona
tomonidan yuklatilgandan to iste’molchi olguniga qadar bo‘lgan
hayot siklining bir qismidir. Muomala bosqichida tayyor mahsu
lotning reja topshiriqlarida, normativ hujjatlarda, ortish, tashish,
saqlash va sotishga tayyorlashda o‘rnatilgan sifati va hajmining
maksimal darajada saqlanishi ta’minlanishi lozim.
Muomala va sotish mahsulotni ekspluatatsiya qilish - uning
sifatini tiklanishiga va saqlanib turishiga yordam beruvchi mahsulot
hayot
siklining
bosqichidir.
Umumiy
holda
mahsulotni
ekspluatatsiya qilish uni ehtiyoj ga qarab ishlatishni, ortish, tashish
saqlash, texnikaviy xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni o‘z ichiga
oladi.
Bu bosqichda sifatni boshqarish asosan iste’molchi tomonidan
amalga oshiriladi. Ekspluatatsiya qilish qoidalari ekspluatatsiya
qilish bo‘yicha ko‘rsatmalarda, instruksiyalarda va mahsulotga
qarash
bo‘yicha
eslatmalarda
keltirilgan
bo‘ladi.
Ushbu
hujjatlarning sifatiga mahsulotdan qanchalik oqilona foydalanish
bog‘liq bo‘ladi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, tovarlarni instruksiyaga amal qilgan
holda ishlatish, ulardan foydalanish muddatini uzaytirish mumkin.
Yaroqlilik muddatining uzayishi esa qo‘shimcha mahsulot ishlab
chiqarilishiga teng kuchlidir. Shunday qilib, mahsulotni oqilona
ekspluatatsiya qilish moddiy va mehnat resurslarini iqtisod qilish
imkonini beradi.
Nazorat savollari 1. Mahsulotning hayot sikli o‘z ichiga qanday bosqichlami oladi?
2. Mahsulotni tekshirish va tayyorlash bosqichi.
3. Mahsulotlarni ishlab chiqarish bosqichi o‘z ichiga nimalarni
oladi?
4. Direktiv ishlab chiqarish bosqichi.
5. Mahsulotlarni ishlab chiqarishdan olib tashlash bosqichi.
6
. Muomala va sotish, mahsulotni ekspluatatsiya qilish bosqichi.
38