Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/100
tarix20.11.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#162205
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   100
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish (2)

Nazorat savollari
1. Sifatni tahlil qilishning statistik usullarining iqtisodiy 
mohiyati nimadan iborat?
2. Statistik tahlil qanday amalga oshiriladi?
3. Sifatni nazorat qilish va tahlil qilishning m a’lumotlar 
manbalariga nimalar kiradi?
4. Statistik usullar deganda nimani tushunasiz?
5. Sabab-natijaviy diagramma o‘z ichiga nimalami oladi?
6. Pareto diagrammasi qanday tuziladi?
52


7- 
amaliy mashg 'ulot
Xalqaro standartlar asosida sifatni boshqarish tizimi
Reja
1. Sifat tizimining rivojlanish tarixi
2. Sifat menedjmenti tizimining tamoyillari
Tayanch iboralari. 
mahsulot ta ’rifi, mahsulotlami ishlab 
chiqarish, mahsulotni tayyorlash, nazorat turlari, sifatni tahlil qilish, 
sifat tizimi, sifat menejmenti, iste'm olchi, standart, jarayonli 
yondashuv.
1. Sifat tizimining rivojlanish tarixi
1. 
Birinchi tan olingan tizimlar - sifat va sifat standartlari, 
ishlab chiqarish jarayonlari va mahsulotlami o ‘zini murakkabligini 
sezilarli o ‘sishi paydo b o ‘lgan sanoat rivojlanishi va texnologik 
o ‘zgarishlar natijasi sifatida ikkinchi jahon urushidan so‘ng joriy 
qilindi.
AQSh birinchi b o ‘lib bu o ‘zgarishlarni ko‘ra bildi va harbiy 
qurol-aslahalarni standartlashtirish maqsadida quyidagi standartlarni 
qo‘llay boshladi:
- MEL-Q-9858 Sifat tizimining texnikaviy shartlari
- M IL-1-45208 Nazorat tizimiga talablar
Bu ikkala standart hozirgi kunda ham amalda b o ‘lib, harbiy 
kontraktlar va boshqa maqsadlar uchun qo‘llanilmoqda.
Bu standartlar shuningdek, NATO doirasida qo‘llaniladigan 
AQAR (Sifatni ta ’minlash b o ‘yicha birlashgan materiallar) nomi 
ostida mashhur b o ‘lgan standartlar to ‘plamlari uchun asos qilib 
olingan lekin sifat standartlariga aniq zaruriyat harbiy sanoat 
doirasidan tashqarida ham paydo b o ‘ldi. Shuning uchun ham VS 
4891 va VS 5179 Britaniya standartlari joriy qilindi. Lekin ular 
asosan amaliy rahbar hujjatlarga o ‘xshash bo‘lib, shartnomalar 
bo‘yicha talablar sifatida qo‘llanila olmasdi. AQAR standartlari 
harbiy talablar bilan bog‘liq bo ‘lganligi sababli, ulami ham qulay 
deb hisoblash qiyin.
Bu muammo o ‘z yechimini 1979 yilda topdi, shu yili 1, 2, 3
53


uch qismdan iborat VS 5750 standarti nashr qilindi. Ular bir-biriga 
o ‘xshash va subyektiv edi va qo‘shimcha tushuntirishlami, 
shuningdek standartlarni qo‘llash b o ‘yicha m a’lumot b o ‘lgan 
qo‘shimcha qismlarni (4,5 va 6) talab qilar edi.
VS 5750 iste’molchilar va ta ’minotchilar tomonidan kontrakt 
holatlarida qo‘llanilar edi. Ammo, bunga qo‘shimcha ravishda, VSI 
(Britaniya Standartlar Instituti) uchunchi tomondan ro‘yxatga olish 
sxemasini joriy qildi. Bu VSI ga tegishli tashkilotlarning talablariga 
muvofiq b o ‘lgan kompaniyalarni ro ‘yxatga olishga imkon berdi. 
R o‘yxatga olish barcha mavjud va kelajakdagi iste’molchilar 
nomidan sifat kafolati b o ‘lib xizmat qilishi mumkin edi.
Xalqaro amaliyotda bunday holatlar ko‘p uchrab turdi va 
shuning uchun Xalqaro standartlashtirish tashkilotining (ISO) 176- 
komiteti 1987 yili VS 5750 asosidagi qator standartlarni nashr qildi, 
bu ISO 9000 standartlarining bazaviy seriyasi edi. 1987 yildan 
boshlab 9000 seriyali ISO standartlarini ishlab chiqish davom etdi. 
Yangi 9000 seriyali ISO standartlarini ishlab chiqish bilan bir 
qatorda, 1987 yil qabul qilingan asos bo‘luvchi standartlarni qayta 
ko‘rib chiqish rejalashtirildi. Qayta ko‘rib chiqish ikki bosqichda 
amalga oshirildi: birinchisi 1994 y. va ikkinchisi 2000 yilda.
ISO 9000:2000 seriyali ISO standartlarining uchinchi tahriri 
quyidagi standartlardan iborat:
ISO 9000:2000 - Sifat menejmenti tizimi. Asosiy qoidalar va 
lug‘at;
ISO 9001:2000 - Sifat menejmenti tizimi. Talablar;
ISO 9004:2000 - Sifat menejmenti tizimi. Faoliyatni yaxshilash 
bo‘yicha tavsiflar.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin