foydalaniladi. Faraz qilaylik, omborxonada 1000, 3000 va undan
ortiq sondagi detallar bo‘lsin. Detallami
bir xilda birma-bir nazorat
qilish juda ko‘p mehnat sarfini talab qiladi va samarasiz
hisoblanadi. Agar bu detallarni guruhlarga ajratsak, masalan,
omborxonadagi hamma detallarning 20-30% ini tashkil etuvchi eng
qimmat detallarga uning umumiy qiymatining 70-80% i, jami
mahsulotning 40-50% ini tashkil etuvchi eng arzon detallarga esa
mahsulot qiymatining 5-10% ig in a to ‘g ‘ri keladi.
Birinchi
guruhni A, ikkinchi guruhni V deb ataymiz. Qiymati
umumiy qiymatga nisbatan 20-30 % ni tashkil etuvchi oraliq
guruhni esa V deb ataymiz. Agar omborxonadagi A guruhga tegishli
mahsulotlarning sifati kuchli nazorat qilinib, S guruhga tegishli
mahsulotlar sifati
yengilroq nazorat qilinsa, mahsulot sifatini
nazorat qilish samarali amalga oshirilgan hisoblanadi.
Bunday tahlil omborxonalarni, mahsulotning sotilishi bilan
bog‘liq b o ‘lgan pul miqdorini nazorat qilishda keng qo‘llaniladi.
Pareto diagrammasi yaroqsiz mahsulotning yuzaga kelishi,
dastgohlarning nosozligi, omborxonalardagi
detallarni nazorat qilish
kabi muammolarni hal etishda ustunli grafiklar ko‘rinishida
ifodalanadi. Diagrammalami bir necha variantda tuzish tavsiya
etiladi. Ularni ketma-ket tahlil qilib, oqibat natijada alohida Pareto
diagrammasini tuzish mumkin.
Pareto diagrammasini sabab natijaviy diagramma bilan birga
qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Mahsulot sifatining past bo‘lishidek
juda muhim masalani hal etishda har bir konkret defekt bo‘yicha
uning mohiyatini aniqlab olish kerak.
Bunday holatlarda imkoni boricha ko‘proq
sondagi manfaatdor
shaxslar to ‘planadi va mahsulot sifatsizligining asosiy sababi
o ‘rganiladi. Natijada, birinchi navbatdagi e’tibomi talab qiladigan
to‘rtta-beshta sabablarda to ‘xtatiladi.
Korxonaning murakkab iqtisodiy faoliyatida,
uning turli
bo‘linmalarida
muammolar
kelib
chiqishi
mumkin.
Ushbu
muammolarni hal etishni Pareto diagrammasini tuzishdan boshlash
maqsadga muvofiqdir.
Ular
yordamida
firma
faoliyatining
turli
sohalaridagi
muammolarni tahlil qilish mumkin.
47