7-
amaliy mashg 'ulot
Xalqaro standartlar asosida sifatni boshqarish tizimi
Reja
1. Sifat tizimining rivojlanish tarixi
2. Sifat menedjmenti tizimining tamoyillari
Tayanch iboralari.
mahsulot ta ’rifi, mahsulotlami ishlab
chiqarish, mahsulotni tayyorlash, nazorat turlari,
sifatni tahlil qilish,
sifat tizimi, sifat menejmenti, iste'm olchi, standart, jarayonli
yondashuv.
1. Sifat tizimining rivojlanish tarixi
1.
Birinchi tan olingan tizimlar
- sifat va sifat standartlari,
ishlab chiqarish jarayonlari va mahsulotlami o ‘zini murakkabligini
sezilarli o ‘sishi paydo b o ‘lgan sanoat rivojlanishi va texnologik
o ‘zgarishlar natijasi sifatida ikkinchi jahon urushidan so‘ng joriy
qilindi.
AQSh birinchi b o ‘lib bu o ‘zgarishlarni ko‘ra
bildi va harbiy
qurol-aslahalarni standartlashtirish maqsadida quyidagi standartlarni
qo‘llay boshladi:
- MEL-Q-9858 Sifat tizimining texnikaviy shartlari
- M IL-1-45208 Nazorat tizimiga talablar
Bu ikkala standart hozirgi kunda ham amalda b o ‘lib, harbiy
kontraktlar va boshqa maqsadlar uchun qo‘llanilmoqda.
Bu standartlar shuningdek, NATO doirasida qo‘llaniladigan
AQAR (Sifatni ta ’minlash b o ‘yicha birlashgan materiallar) nomi
ostida mashhur b o ‘lgan standartlar to ‘plamlari
uchun asos qilib
olingan lekin sifat standartlariga aniq zaruriyat harbiy sanoat
doirasidan tashqarida ham paydo b o ‘ldi. Shuning uchun ham VS
4891 va VS 5179 Britaniya standartlari joriy qilindi. Lekin ular
asosan amaliy rahbar hujjatlarga o ‘xshash bo‘lib,
shartnomalar
bo‘yicha talablar sifatida qo‘llanila olmasdi. AQAR standartlari
harbiy talablar bilan bog‘liq bo ‘lganligi sababli, ulami ham qulay
deb hisoblash qiyin.
Bu muammo o ‘z yechimini 1979 yilda topdi, shu yili 1, 2, 3
53
uch qismdan iborat VS 5750 standarti nashr qilindi.
Ular bir-biriga
o ‘xshash va subyektiv edi va qo‘shimcha tushuntirishlami,
shuningdek standartlarni qo‘llash b o ‘yicha m a’lumot b o ‘lgan
qo‘shimcha qismlarni (4,5 va 6) talab qilar edi.
VS 5750 iste’molchilar va ta ’minotchilar tomonidan kontrakt
holatlarida qo‘llanilar edi. Ammo, bunga qo‘shimcha ravishda, VSI
(Britaniya Standartlar Instituti) uchunchi tomondan ro‘yxatga olish
sxemasini joriy qildi. Bu VSI ga tegishli tashkilotlarning
talablariga
muvofiq b o ‘lgan kompaniyalarni ro ‘yxatga olishga imkon berdi.
R o‘yxatga olish barcha mavjud va kelajakdagi iste’molchilar
nomidan sifat kafolati b o ‘lib xizmat qilishi mumkin edi.
Xalqaro amaliyotda bunday holatlar ko‘p uchrab turdi va
shuning uchun Xalqaro standartlashtirish tashkilotining (ISO) 176-
komiteti 1987 yili VS 5750 asosidagi qator standartlarni nashr qildi,
bu ISO 9000 standartlarining bazaviy seriyasi edi. 1987 yildan
boshlab 9000 seriyali ISO standartlarini ishlab chiqish davom etdi.
Yangi 9000 seriyali ISO standartlarini
ishlab chiqish bilan bir
qatorda, 1987 yil qabul qilingan asos bo‘luvchi standartlarni qayta
ko‘rib chiqish rejalashtirildi. Qayta ko‘rib chiqish ikki bosqichda
amalga oshirildi: birinchisi 1994 y. va ikkinchisi 2000 yilda.
ISO 9000:2000 seriyali ISO standartlarining uchinchi tahriri
quyidagi standartlardan iborat:
ISO 9000:2000 - Sifat menejmenti tizimi.
Asosiy qoidalar va
lug‘at;
ISO 9001:2000 - Sifat menejmenti tizimi. Talablar;
ISO 9004:2000 - Sifat menejmenti tizimi. Faoliyatni yaxshilash
bo‘yicha tavsiflar.
Dostları ilə paylaş: