varaqlarni tayyorlash muhim hisoblanadi. Chek-varaqlar auditor
tomonidan
tekshirilayotgan
faoliyat
turlari
tegishli
tarzda
bajarilayotganligini yoki bajarilmayotganligini aniqlash uchun
tuziladi [16].
U tekshirilayotgan b o ‘linma xodimlariga savollar ko‘rinishida
yoki auditor tekshirishni o ‘tkazishni rejalashtirayotgan barcha
bandlarni ko‘rsatgan holda, auditor uchun eslatma holida tuzilishi
mumkin.
Har bir chek-varaqda qo‘llanilayotgan
standart, sifat bo‘yicha
qo‘llanma yoki tekshirishda qo‘llanilayotgan boshqa hujjat bandiga
havola berilishi, shuningdek muvofiqlik, nomuvofiqlik va sharhlar
uchun joy qoldirilishi maqsadga muvofiq.
Auditor tekshirish
mobaynida chek-varaqda qaydlar qiladi, bu esa audit xulosasini
tuzish b o ‘yicha ishni yengillashtiradi.
Chek-varaqni quyidagilar tekshirishga kiritiladigan qilib tuzish
kerak:
• tekshirish obyektiga nisbatan kritik tavsiflar;
Iste’molchining qanoatlanganligi,
atrof-muhit xavfsizligiga
ta’sir ko‘rsatuvchi, tashkilot uchun jiddiy iqtisodiy xavf tug‘di-
ruvchi tavsiflar.
• davriy ravishda takrorlanuvchi muammolar;
• tashqi tashkilotlar tomonidan sifat tizimini baholash natijasida
aniqlangan muammolar;
• aw alg i ichki auditlar mobaynida aniqlangan muammolar, shu
jum ladan boshqa b o ‘linmalarda.
Auditor, tekshirilayotgan b o ‘linmada berishi mumkin b o ‘lgan
savollarni oldindan tuzishi va chek-varaqda qayd qilishi mumkin.
Tashkilotning
barcha
b o ‘linmalariga
taalluqli
bo‘lgan
protseduralarga (masalan, hujjatlarni boshqarish protsedurasi)
faoliyatning
muvofiqligi
tekshirilganda
barcha
auditorlar
foydalanishi mumkin b o ‘lgan yagona chek-varaqlarni ishlab chiqish
mumkin.
B o‘linmalaming o‘ziga xos faoliyatini tekshirish uchun
hujjatlar tahlil natijalarini hisobga olgan holda auditorlar alohida
chek - varaqlarni tayyorlashlari kerak.
Kirish yig‘ilishi:
• auditorlar jamoasini tekshirilayotgan bo‘linma vakillari bilan
74
tanishtirish;
•
audit rejasini kelishish;
• auditni o ‘tkazish vaqtida bo‘linma xodimlaridan nimalar talab
qilinishini aniqlash;
• auditorlarga hamrohlik qiluvchi shaxslar tayinlanganiga
ishonch hosil qilish;
• tekshirilayotgan bo‘linma tomonidan berilishi
mumkin
bo‘lgan savollarga javob berish uchun o ‘tkaziladi.
Kirish yig‘ilishi auditorlar guruhi tekshirilayotgan bo‘linmaga
kelganidan so‘ng va audit boshlangungacha o ‘tkaziladi. Y ig‘ilishda
auditorlar guruhining hamma a’zolari, tekshirilayotgan b o ‘linma
rahbari va vakillari ishtirok etadi. Y ig‘ilishni auditorlar guruhi
rahbari olib boradi. U yig‘ilish qatnashchilarini
bir-birlariga
tanishtiradi, auditning maqsadlarini tushuntiradi, audit hajmi va
mezonlarini tasdiqlaydi.
Auditorlar
guruhi
rahbari
auditni
o ‘tkazish
usullarini
tushuntirishi mumkin.
Y ig‘ilish
davomida
auditorlar
guruhi
rahbari
yakuniy
yig‘ilishni o ‘tkazish sanasi, vaqti, joyini xabar qilishi va
tekshirilayotgan bo‘linma vakillariga savollar berish uchun
imkoniyat berishi kerak.
Auditorlar o ‘z majburiyatlarini
bajarishni boshlagungacha,
auditorlar guruhi rahbari jalb qilingan auditorlar xavfsizlik texnikasi
qoidalari bilan tanishganiga ishonch hosil qilishi kerak.
Kichik tashkilotlarda auditorlarni tekshirilayotgan xodimlar
bilan tanishtirish va ularga hamroh b o ‘luvchilarni biriktirishga
ehtiyoj y o ‘q. Bu holda kirish yig ‘ilishi auditorlar guruhi rahbarining
audit qanday o ‘tkazilishi to ‘g ‘risida xabar berishidan iborat b o ‘ladi.
Dostları ilə paylaş: