www.ziyouz.com kutubxonasi
18
olib kelib beraymi?”
“G‘alati savol!” Qushcha jon talvasasida qanotlarini qoqdi. “Kelinglar, kelinglar!”
“Men boshqalarni chaqirib kelaman”, – sayrab uchib ketdi ikkinchisi.
“Men hoziroq qaytaman”, — va’da qildi Anton. Bu “kra rida ra” tarzida eshitildi.
U tuzalgan stol oldiga bordi va o‘ylab qoldi. Mevali tort juda shirinlik qilardi, shokoladlisi
yopishqoqroq edi, quymoqlarni esa yaxshi ushatib bo‘lmasdi. Nihoyat Anton bir
chekkadagi qiyomsiz va kremsiz tortni ko‘rib qoldi va shuni oladigan bo‘ldi. Qo‘shni
xonadan kulgi va shovqin-suron eshitilar. Yutuqlar egasini topib ketgan.
Anton hech kimga bildirmay boqqa kirdi. U haligi tortni o‘sha yerda ushatib, daraxt
tagiga tashladi. Keyin mamnun holda uzoqroqda turib, tort ushoqlari atrofida
to‘planayotgan qushlarni kuzatib turdi. “Kerk kekk kirk”, - dedi Anton xayrlashib. Bu
“yoqimli ishtaha”, — degani edi. Keyin u yana uyga kirdi.
“Endi yong‘oqli tortimni ham bir ta’tib ko‘ringlar-chi, — dedi Gundining onasi haligi ikkita
ayolga. – Faqat sakkizta tuxumdan tayyorlangan”.
“Attang, — o‘yladi Anton, — har holda men ushatgan tort bo‘lmasin-da”.
Afsus aynan o‘sha tort nazarda tutilgan ekan. Va Gundining onasi uni topishga qat’iy
kirishganligi sezilib turardi.
“Balki, — o‘yladi Anton, — tortni qushlar maza qilib yeyishganini eshitsa, xursand
bo‘lar”. Anton niqobini ko‘tardi va yong‘oqli tortga nima bo‘lganini aytdi. Gundining onasi
xursand bo‘lmadi. U kulishga urindi-yu, biroq buni uncha uddalay olmadi.
Anton yaxshisi uyiga qaytishga qaror qildi. U hamma yutuqlarini yig‘ishtirdi va katta
xona tomonga qarab qichqirdi: “Men ketyapman, Gundi”.
Hamma qotib qoldi. Gundomarning onasi chuqur nafas oldi. “U seni nima deb chaqirdi?”
— so‘radi u qat’iy.
Gundomar bir lahza o‘ylanib qoldi va dedi: “Meni sinfimizdagilar Gundi deb atashadi.
O‘zimga ham shu ma’qul”.
Anton uyiga qaytgach, onasi unga noxush qarab dedi: “Gundomarning onasi menga
qo‘ng‘iroq qilgandi”.
“Ikkalangiz bir-biringizdan qolishmaysiz”, — o‘yladi Anton. Ammo hech nima demadi.
“Nima uchunligini bilarsan?” — so‘radi Antonning onasi.
Bu savol Antonni hecham tashvishlantimadi.
“Men ikkita qush gaplashayotganini eshitib qoldim, — tushuntirdi u, — ular och edi”.
Antonning onasi burnini tortdi. “O’zim ham shunga o‘xshash hol yuz bergan bo‘lsa
kerak, deb o‘ylagandim. Endi senga chumchuqlar murojaat etadigan bo‘lsa, nonushta
qiladigan pishiriqlarimizni ham ularga derazadan tashlarkansan-da. Qo‘y, yaxshisi unday
qilma. Aks holda...”
“Bilaman, aks holda mojaro bo‘ladi”, — qo‘shib qo‘ydi Anton bo‘g‘iq ovozda. Bitta
yong‘oqli tort uchun, chuncha tashvish”, – pichirladi u xonadan chiqayotib. Yaxshiyam
buni onasi eshitmay qoldi.
Dostları ilə paylaş: |