QUSH TORTI
“Hamma eshitsin, yakshanba kuni menikida fashing (qishni kuzatish bayrami)ni
nishonlaymiz!” — qichqirdi Gundi. Gundi qiz bola emasdi. Asli ismi Gundomar bo‘lgan
Gundi jismoniy tarbiya bo‘yicha hammadan zo‘r edi. Sinfdagi shovqin-suron shodlikka
ulanib ketdi. Gundi qo‘llarini ko‘tarib ishora qildi. U yana nimadir demoqchi ekanligi
ko‘rinib turardi. Meni sira Gundi deb chaqirmanglar. Aks holda onamning jahli chiqadi. U
meni hamma Gundomar deb chaqirishini xohlaydi”. Sinfdagilarning bari kulib yubordi,
Gundomarning o‘zi ham.
“Sinfimizdagilarning hammasi yakshanba kuni Gundinikiga fashingni nishonlashga taklif
etilgan. Y’ani Gundomarnikiga”, – bildirib qo‘ydi Anton onasiga. U hozirdanoq yangi
ismga ko‘nikishga harakat qilayotgandi.
“Sinfingizdagilarning hammasi?” – hayron bo‘ldi Antonning onasi. “Uning
oilasidagilarning asabi mustahkam bo‘lsa kerak-da. Qanday qiyofada bormoqchisan?”
“Bilmadim, — deya o‘ylab qoldi Anton, — balki sherif (politsiya boshlig‘i) qiyofasida
borarman”.
“Yaxshi, — dedi onasi, — unda senga bitta yulduz va bitta chavandozlar shlyapasi ham
kerak”.
“To‘pponcha-chi”, — qo‘shib qo‘ydi Anton.
“O‘yinchoq qurollarga munosabatim qanaqaligini bilasan-ku, - Antonning onasining
kayfiyati yomonlashdi. – Yaqin kelajakda o‘shalar portlovchi minachalar sotadigan
bo‘lishadi. Keyin ular yordamida qo‘g‘irchoqlar va o‘yinchoq ayiqchalar portlatib
yuboriladigan bo‘ladi”.
“Juda oshirib yubording”, – dedi Anton. U qurolsiz kurashishga ham tayyor edi: baroq
mushuklar uchun, Sibille uchun, uy ishlari kamaytirilishi uchun, gapiradigan daraxtlar
uchun. Ammo to‘pponchasiz sherif bo‘ladigan bo‘lsa, ishonarli chiqmasdi.
“To‘pponchani o‘zim yig‘gan pulga sotib olsam-chi?” - so‘radi u.
Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike
Dostları ilə paylaş: |