Yashash joylari: Vena, Grundlzee, Venetsiya.
Sevimli hayvonlari: mushuk, tyulen, chayka, senbernar (yungi uzun, katta, kuchli it).
Ezgu niyati: ilhom baxsh etish.
Orziqib kutadigan istagi: o‘quvchilardan xatlar olish. Aks holda Sizlarga nimalar
ma’qul bo‘lishini qayerdan bilishim mumkin? (A – 8993 Grundlzee, Auf der Au)
Adabiyot sohasida erishgan yutuqlari: Yanusts – Korstsak medali, Avstriya bolalar
kitobi mukofoti, Vena shahri mukofoti (ikki marta).
Annette Bets nashriyotida chop etilgan kitoblari: “Anton bu yerda bo‘lmagan kun”,
“G‘oyat xursandman, mening ismim Mulp”, “Mushuklar karnavali”.
ANTON BO‘RINI UCHRATGAN KECHA
— Yur mushugim, - dedi Anton mushugiga, - tomning tagida nimalar borligini ko‘rib
tushamiz.
Mushuk cho‘zilib qaddini rostladi va huzur qilib esnagan holda, bu kichik sayrga xohishi
yo‘q emasligini bildirganday bo‘ldi. Anton tepadagi latta-puttalar va eski mebellar
orasida qolib ketgan bahaybat, sirli yog‘och sandiqni ko‘pdan beri ochib ko‘rmoqchi
bo‘lib yurgandi. Biroq bu ishi onasiga ma’qul bo‘lmasligi mumkinligidan xavotirlanardi.
Shuning uchun unga bu haqda og‘iz ochmasdi. Tom tagiga chiqiladigan burama
shakldagi yog‘och zinalar qadam bosilgani sayin g‘ichirlardi. Mushuk qiziqsinib iskalandi.
Sichqonlarning hidi kelib qolishiga umid qilganday Anton ko‘zlari yarim qorong‘ilikga
o‘rganguniga qadar kutib turdi-da, sinchkovlik bilan atrofga qaradi. Ko‘p o‘rgimchak
to‘rlari, qovjiragan gullar va giyohlar vassalardan osilib turardi. Bu yerda bir temir stol
Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike
Dostları ilə paylaş: |