Microsoft Word anton burini ziyouz com doc



Yüklə 145,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/46
tarix02.01.2022
ölçüsü145,39 Kb.
#44346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
anton burini ziyouz com

MUSOBAQA 


Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

4

“Bu musobaqalar bema’nilik”, deya hansiradi Anton. Yugurganida uning biqini og‘rib 



qolardi. “Nega doim kimdir boshqalardan tezroq yugurishi yoki balandroq sakrashi 

kerak?”  

“O‘taketgan bema’nilik”, darhol ma’qulladi baqaloq Dieter. U ancha ozgan bo‘lsa-da, 

balandlikka sakraganida baribir ortiqcha og‘irligi pand berardi. 

“Ikkalasi bir–biriga mos tushgan, mazax qildi raqib jamoadagilardan biri. – Bittasi 

qopday sakraydi, boshqasi shilliq qurtday yuguradi”. 

“Qop va Shilliq Qurt”, kulishib takrorladi yana bir nechtasi. 

Qizarib ketgan Dieter pastki labini tishladi. 

“Xohlasam hammalaringdan o‘zib ketaman”. 

Anton angrayib qaradi. “Haqiqatan ham, u shunday dedimi?” Go‘yo do‘sti shunchaki 

maqtanayotgandek tuyuldi unga. 

Raqib jamoadagilar yana kulishdi. “Qani, bir korsatib qo‘y-chi, Shilliq Qurt!” 

Sport o‘qituvchisining hushtagi churulladi. Anton o‘zini tush ko‘rayotganday his qildi va 

uyg‘onib ketgisi keldi.  

Uzoqdan start o‘qi uzilganini eshitishi bilan u yo‘lakning bir chetidan g‘izillab yugurib 

ketdi. Uning yonidagi maysazordan yana kimdir yugurib borayotgandi. “Menday yugur. 

— Anton aniq eshitdi. – Sen bizlarning birimizsan”. Bu o‘sha tumanli kechadagi bo‘ri edi. 

Antonning madadkor hayvoni bo‘lishga va’da qilgan bo‘ri. 

Anton yugurayotib qadamlarining tezligi qay holda o‘zgarayotganini his qildi. U hech 

qiynalmasdan yugurib borayotgandi. Anton endi har qanday qiyqiriqlarni ham, sport 

maydonidagi shovqinni ham eshitmayotgandi. Nihoyat, u marraga yetib keldi va raqib 

jamoadagilarning alamli yuzlariga hayron bo‘lib qaradi. Sport o‘qituvchisi unga qoyil 

qolganday qarab boshini silkitdi. Baqaloq Dieter suyunib ketganidan o‘zini qo‘yarga joy 

topolmay qoldi, kimdir uning yelkasiga turtayotgandi. 

“Biz yutganga o‘xshaymiz”, — dedi Anton ishonqiramay va atrofga nazar tashladi.  

Ammo bo‘ri g‘oyib bo‘lgandi.  




Yüklə 145,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin