Microsoft Word anton burini ziyouz com doc



Yüklə 145,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/46
tarix02.01.2022
ölçüsü145,39 Kb.
#44346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
anton burini ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 

2

bilan ustidagi marmariga darz ketgan mis stolcha bor edi.  



“O‘sha sandiq ham shu yerda bo‘lishi kerak”, — pichirladi Anton va orqaga tisarildi. 

Oromi buzilgan bir ko‘rshapalak uxlash uchun o‘ziga boshqa joy qidirishga tushdi. 

Bundan g‘ashi kelgan mushuk xirilladi. Uchadigan jonivorni tutish, uning uchun oson 

emas edi-da. Nihoyat, Anton ko‘z ilg‘amas burchakda turgan sandiqni topdi. Qiyinchilik 

bilan uning og‘ir qopqog‘ini ko‘tardi. Undan qovjiragan gullarnikiga o‘xshash antiqa bo‘y 

taraldi. U yoqimsiz bo‘lmasa-da, Antonning nafas olishini qiyinlashtirdi.  

“Nimadan qo‘rqaman? — o‘yladi Anton. – Bu eski narsalar solingan sandiqdan boshqa 

narsa emask-ku”. 

U tutqichi itning boshi shaklida chiroyli qilib o‘yilgan hassani, patlar taqilgan katta 

shlyapani va uvadalanib qolgan kitobni ko’rdi. Kitob unga tushunarsiz tilda edi. Anton 

uni darhol varaqlab ko‘rdi-da, umidsizlanib qoldi.  

Bitta yozuvli qog‘oz yerga tushdi. Anton uni olib keyinroq bafurja ko‘rib chiqish niyatida 

shimining cho‘ntagiga tiqib qo‘ydi. Antonning mushugi bezovtalanganday bo‘lib, 

panjalarini yozdi. U tozalikni xush ko‘rardi. Chang, o‘rgimchak to‘rlari va ko‘rshapalaklar 

uning g‘ashini keltirardi. Buning ustiga u och qolgandi. “Miyau”, - dedi u sabrsizlik bilan.  

“Hozir ketamiz”, — javob qildi Anton. U mushuk tilida ancha yaxshi gaplasha olardi. 

Umuman olganda, Antonning qiladigan ishlari yetarli edi: mushukni ovqatlantirish, 

matematikadan vazifalarni bajarish, sabzavot sho‘rva ichish, Sibille bilan telefon orqali 

gaplashish, onasiga ko‘p gaplarni aytish va ayrim gaplarni undan sir tutish. Haligi yozuvli 

qog‘ozni olib qo‘ygandi. 

Yarim kechada Anton uyg‘onib ketdi. U chiroq yoqiladigan joyni paypasladi. Oyoqlari 

uchida yotgan mushugi beixtiyor xirrillab qo‘ydi. Kechasi oromi buzilishiga u sira toqat 

qilolmasdi. Anton katta soatga qaradi. Yarim kecha. Deyarli hech qachon u yarim 

kechada uyg‘onmasdi. Qorni og‘rigan yoki isitmasi ko‘tarilgan hollardagina uning uyqusi 

buzilishi mumkin edi. Karavoti yonida jinsisi g‘ijimlangan holda turardi. Shu payt u 

esladi: yozuvli qog‘oz! Anton uni shimining cho‘ntagidan olib, qo‘li bilan tekisladi. Undagi 

qiya shakldagi eskicha yozuv ingichka va juda yo‘g‘on chiziqlardan iborat edi. Anton uni 

qiyinchilik bilan o‘qiy boshladi. 

Osuda tun, uvillashlar eshitilar yiroqdan.  

Tuman uzra ko‘tarilib, mo‘ralaydi oppoq oy. 

Boyo‘g‘lilar emasmikan, g‘uldirashib jar solgan? 

To odamsan, baribir bezovtasan ulardan. 

Hozirgina chiqqan oy ham 

Yoritolmas bu tunni. 

O‘shalardan biri bo‘lib, 

chaqnat ikki ko‘zingni. 

Endi sening isming Lene, 

Anton, Gudrun, Rolf emas, 

tumshug‘ingni ko‘targin-da, g‘ichirlat tishlaringni  

va bilgin-ki, shu zahoti bo‘lib qolding sen - bo‘ri. 

Anton baland ovozda hijjaladi. Oyoqlari uchidagi mushugi uyg‘onib ketgandi. U 

tanasidagi tuklarini hurpaytirib, quloqlarini dikkaytirib olgandi. 

Sehrli she’r, — dedi Anton. – Biroq u ta’sir qilmaskan. Aks holda men bo‘ri bo‘lib qolgan 

bo‘lardim.  

Mushuk tinchlanganday bo‘ldi va yana Antonning oyoqlari uchida g‘ujanak bo‘lib yotib 

oldi. Anton chiroqni o‘chirdi. Oy nur sochib turardi, deraza oldidan oppoq bulutchalar 




Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike 

 

 




Yüklə 145,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin